Samarqand davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Zayniddin Qurbonovning shu nomdagi  monografiyasi nashr etildi.

    Mazkur monografiyada sintaktik sathdagi gipotaktik qurilmalar shakllanishining derivasion jarayon bilan bog'liq holdagi kognitiv-pragmatik asoslari va gipotaktik qurilma sathida ro'y beruvchi iyerarxik munosabat hamda qurilmaning mikromatn maqomi, derivasion jarayonda shakllanuvchi sintaktik paradigma va ularga asoslanuvchi invariant qurilmaning kognitiv mohiyati, mikromatn shakllanishida sintaktik semantika hodisasining lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar qurshovidagi holatlari, mikromatn ortida turuvchi nutqiy situasiya va shu asosda shakllanuvchi xususiy hamda umumiy kognitiv modellarning qoliplari kabi masalalar tahlil qilinadi.

    Monografiya tilshunoslar, bakalavrlar, magistrlar hamda doktorantlar, shuningdek, o'rta maktablarning ona tili va adabiyot o'qituvchilariga mo'ljallangan.

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati.