Samarqand davlat universitetiga Qozon Federal universiteti Psixologiya ta'limi instituti direktori Aydar Kalimullin va professor Almaz  Galimovlar tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Akmal Axatov uchrashdi.

    Muloqotda tomonlar o'rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Rasmiy uchrashuvdan so'ng Aydar Kalimullin va  Almaz  Galimovlar SamDU psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari bilan mahorat darslari tashkil etildi.

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati.