Samarqand davlat universiteti professori Akmal Axatov, maxsus huquqiy fanlar kafedrasi dotsentlari Zokir Quvondiqov va Irina Filipovalar “Erasmus+Jean Monnet” nomli xalqaro grantga ega bo’ldi. Mazkur grant dastur “Sun’iy intellektni tartibga solish: Markaziy Osiyo uchun Yevropa yondashuvi” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

    Ushbu grantning qiymati 30 ming yevroni tashkil etib, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi koʻmagida moliyalashtiriladi.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.