Samarqand davlat universitetida publitsist, hassos shoir, yozuvchi Ismat Ko’chiyevning “Sharof Rashidov: Bunyodkor” nomli kitob taqdimoti o’tkazildi. Ushbu kitobni rus tilidan o’zbek tiliga SamDU boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, dotsent Shavkat Mahmatmurodov tarjima qilgan.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Rustam Yo’ldoshev kirish so’z bilan ochdi.

    Anjumanda SamDU professorlari Hotam Umirov, Ibodulla Mirzayev, Farhod Nabiyev, Mahmud Nasrullayev  va Shavkat Mahmatmurodovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etib, kitob haqida o’z fikrlarini bildirdi.

    Shuningdek, muallif Ismat Ko’chiyev kitobning yaratilish tarixi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.