Seminar Oliy taʼlim,  fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida o’tkazilmoqda. Ushbu tadbirda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutining yosh olimlari va tadqiqotchilari ishtirok etmoqda. 

    Loyihaning asosiy maqsadi va mohiyati hududlardagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga qiziqqan tadqiqotchi olimlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish sohasida ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash, MUNIS loyihasining investitsion dasturlarida ishtirok etish uchun tadqiqotchilar auditoriyasini tayyorlash, tadqiqotlarni tijoratlashtirish dasturi (RSP), R&Dga biznes sarmoyalaridan iborat…

    Seminarni Jahon Banki konsultanti, texnologiyalarni tijoratlashtirish va biznesni yo’lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro ekspert Sergey Makarov olib bormoqda.

    Dars mashg’ulotlari quyidagi mavzularni qamrab oladi:

-     R&D tijoratlashtirish tamoyillari;

-     Istiqbolli innovatsion mahsulotlarni aniqlash;

-     Mahsulotni ishlab chiqish (kelajakdagi mahsulot xususiyatlarida Kano modelidan foydalanish);

-     Mijozlarni topish va yangi korxonalar (Lean usullaridan biri - mijozlarning ehtiyojlarini "sifat uyi" tamoyili asosida R&D shakllantirish);

-     IM identifikatsiya va erta baholash;

-      Tadqiqotchilarning texnologik brokerlar, tadbirkorlar, investorlar bilan o‘zaro taʼsiri; tuzoqlardan qochib sherikchilik qurish;

-     Biznes tezlatgichlari va erta bosqichdagi VC investitsiyalari: R&D tizimidagi ishtirokchilarr nimani bilishlari kerak;

-    Global rivojlanish: qanday prognozlash va nimadan uzoqlashish kerak.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.