Bo’lim boshlig’i

Muxammadiyev Mamasidiq Doliyevich

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 – 16:00)
  •  Telefon: +99891-297-64-33
  •  Elektron pochta: m-mamasidiq@samdu.uz

Biografiya

1982 - 1984 yilgacha harbiy xizmat
1984-1985 yy. - Oqdaryo tumani non kombinatida non sexi masteri,
1985-1986 yy. - Oqdaryo tumani istirohat bog’i marker-billyardchisi,
1986-1987 yy. - Toshkent aviasiya zavodi yuk tashuvchisi, 
1987-1989 yy. - Toshkent poligrafiya texnikumi talabasi,
1989-1990 yy. - Oqdaryo tumani istirohat bog’i marker-billyardchisi ,
1990-1997 yy. - Oqdaryo tumani ulgurji savdo markazi ombor mudiri yordamchisi, ombor mudiri, direktor o’rinbosari,
1997-2001 yy. - Oqdaryo tumani «Osiyo» ishlab chiqarish tijorat firmasi direktori,
2001-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti ta’minotchi-agenti, 
2007 y. - h.v.   - Samarqand davlat universitetining «Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi» bo’limi boshlig’i

Mexnatni muxofaza qilish  bo’limning asosiy vazifalari.

1. Mehnatning sog’lom va havfsiz sharoitlarini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish va takomillashtirish.

2. Sog’lom va havfsiz mehnat sharoiti xamda  o’quv - tarbiya jaryoni bo’yicha meyoriy texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlash.

3. Mehnat muxofazasi, o’t o’chirish, radiasiya xavfsizligi qoiyda va meyorlariga  amal qilishi va ular bajarilishini, xonadagi havoning shuningdek, atrof-muhitning xolatini nazorat qilishni amalga oshirish.

4. Mehnat muxofazasi boshqarmasi tizimiga MIXX Davlat standarti, mexnat va o’quv standartlarini joriy qilish.

5. Mehnat va o’quv sharoitini malakali tekshirishni joriy qilish va o’tkazish.

6. Jaroxatlanish, kasbiy va iishlab chiqarish bilan bog’liq kasallanishlar oldini olish maqsadida sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va o’tkazish.

7. Mehatni muxofaza qilish meyoriy xujjatlarni  mehnatning xavfsizligi, standartlariga muvofiq tuzish va takomillashtirish.

8. Ilg’or tajriba o’quvchilar va ishlovchilar mehnati muxofazasi bo’yicha ilmiy ishlanmalarni o’rganish, umumlashtirish va joriy etish.

9. O’quvchilar o’rtasida o’quv-tarbiya jarayonini, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va sog’lom sharoitini yaratish, baxtsiz xodisalar hamda o’quv yurtlarida kasbiy kasalliklar oldini olish ishlarini tashkil etishni muntazam suratda takomillashtirish.

10. Mehnat  xavfsizligi talabalari  qattiqroq  so’raladigan ishlarni  bajariladigan hodimlarning mehnat xavfsizligi  bo’yicha o’qishini, mehnat   muxofazasi bo’limi  (byurosi) kasaba  uyushmasi raxbarligida mehnat muhofazasi soxasida  injiner – texnik  xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish va o’tkazish.

11. Qo’shma tatil  olish, qisqartirilgan ish kuni, lavozim maoshlar 12 % oshirishga, davo- profilaktik ovqatlanish, sut yoki shunga teng boshqa oziq – ovqat maxsulotlari, sovun olishga haqi bo’lgan ishlab chiqarish, kasb va lavozimlar ro’yxatini tuzish va tasdiqlashga taqdim etish.

12. Ishchi va xizmatchilarni  maxsus poyafzal va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlash   tartibi haqidagi yo’riqnoma asosida maxsus kiyim, maxsus poyavzal va boshqa  induvidual  himoya   vositalariga  buyurtma tuzish va taqdim  etishni tashkil etish.

13. Sanitariya – epidemologiya stasiyalarnidan  olingan ma’lumotlar asosan  vaqti – vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tib turish kerak, shaxslarning  nomma – nom ro’yxatini tuzish.

14. Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda mehnat muxofazasining  axvolini  ma’muriy – jamiyat nazorat qilish, mehnat muxofazasi bo’yicha  jamoat ko’rigini o’tkazish.

15. Injener – texnik  xizmat xodimlarida ishlab chiqarishda ro’y bergan baxtsiz xodisalarni to’g’ri va vaqtida tekshirish masulyati baxtsiz xodisalar sabablarini taxlil qilish, ishlab chiqarishda jaroxatning oldini olish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqarish va amalga oshirishda ishtirok etish.

16. O’quv yurti bo’yicha asbob – uskuna, mashina, mexanizm, ventilyasiya tizimlari, elektrkuchlanish, isitish, gaz va kanalizasiya tarmoqlari, inshoatlarini tozalashga ko’rsatmalar berish.