Samarqand davlat universiteti

fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri

Abdullayeva Ra’no  Xikmatovna

abdullaeva14rano@mail.ru

Fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi. 2012-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek,  1 oʻquv qoʻllanma, 3 oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. 11 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan.

Scopus, xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 2 maqolasi e'lon qilingan.

https://www.journalppw.com/public/site/images/admin_jppw/journal-img.png

http://journals.tsutmb.ru/go/2587-6953

 

Rus tili kafedrasi a’zolari

Malinovskiy Evgeniy Andreevich

malinovskiy@mail.ru

Filologiya fanlari doktori, professor. 1961-yildan buyon SamDU filologiya fakultetida turli lavozimlarda ishlab keladi. 1995-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 3 monografiya va 7 darslik muallifi.  «Замечания об использовании тюркских заимствований в русскоязычной художественной литературе Узбекистана», «Некоторые наблюдения над графическими знаками фразеологичности в русской лексикографической практике.», « Некоторые замечания  о фразеологии в новом академическом «Словаре русского литературного языка».(в 20-ти томах)., «Замечания о старых и новых крылатых фразах в русском языке» kabi ilmiy ishlari e’lon qilingan.

Xoshu Elmira Nebiyevna
lela75@yandex.ru

Fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. Samarqand davlat universitetida 1972-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Elmira Xoshu oʻz faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda  100 ga yaqin maqolalari chop ettirgan. 10  uslubiy, 9  o‘quv qo‘llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 5, boshqa ilmiy nashrlarda 70 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.  

https://doi.org/10.21070/ijccd2020631

 

Kim Svetlana Fedorovna

 

Kim Svetlana Fedorovna, katta o‘qituvchi, 1992 yildan buyon SamDU filologiya fakulteti rus tili kafedrasida ishlab kelmoqda. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni olib boradi. Nashr etilgan asarlarning umumiy soni 210. Ulardan: xalqaro va xorijiy jurnallarda (Rossiya, Polsha), Oliy attestatsiya komissiyasi jurnallarida chop etilgan nashrlar – 37 ta va boshqalar.

https://www.uch21vek.com/

https://www.poljs.com/ru/

https://znanium.com/catalog/magazines/issues?ref=47f80b0f-0b53-11e9-8613-90b11c31de4c

https://7universum.com/ru

https://www.asu.ru/news/48036/

Web: // http://www. nvesti.ru

axborotnoma.uz

Dubrovskaya Kristina Andreevna

+998937257665 tinadubrovskaya@mail.ru


Kristina Dubrovskaya 2013-yildan boshlab Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. 

2019-yildan “Ayol haqidagi gender stereotiplari dunyo lingvistik tasvirining aksi sifatida (rus va oʻzbek tillari misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqda. Pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq milliy va xalqaro miqyosdagi nashrlarda maqolalari e’lon qilingan. 1 o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi.

Zubaydullayev Ibodullo Amrilloevich

ibodullozubaydullaev@mail.ru

 

Fakultetlararo rus tili kafedrasi assistenti. 1 oʻquv qoʻllanma, 30 ga yaqin maqola va tezislar muallifi. Shu jumladan, Rossiya  (VАК) ilmiy jurnallarda 3 maqolasi nashr qilingan. Xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda bir qator maqola va tezislari bilan ishtirok etgan.

https://cyberleninka.ru/article/n/leksiko-tematicheskaya-gruppa-ramazan-v-semanticheskom-i-funktsionalnom-aspektah

https://cyberleninka.ru/article/n/funktsionirovanie-islamskih-religioznyh-terminov-v-russkom-yazyke-na-primere-mediaprostranstva

https://link

https://www.asu.ru/files/documents/00025497.pdf

https://www.asu.ru/files/documents/00025970.pdf

 

Xakberdieva Sayyora Farmanovna
 
 

Fakultetlararo rus tili kafedrasi assistenti. 2014-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Bir nechta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi.  Xalqaro, respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib keladi. 

 

Lipatova Yevgeniya Valentinovna

lipatova-yevgeniya@mail.ru

Yevgeniya Lipatova 2016-yildan beri Samarqand davlat universiteti rus tili kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda “Rus va o‘zbek tillarining kommunikativ idiomalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. 8 oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadi.

Kushmamatova Sitora Kaxramonovna

karimovassitora@gmail.com

 

SamDU fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi, assistent. 2013-yildan buyon mazkur kafedrada ishlab kelmoqda. Frazeologiya va madaniyatlararo muloqot bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qiyosiy tilshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot olib boradi. Sitora Kushmamatovaning xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq maqola va tezislari e’lon qilingan.

Tillyayeva Malika Yuldashevna

malika.turayeva@mail.ru

 

Kafedra assistenti. 2021-yildan buyon  Samarqand davlat universiteti rus tili kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda mustaqil izlanuvchi sifatida «Лингвокультурные особенности зооморфизма в  языковой картине мира носителей русского, узбекского и таджикского языков»  mavzusi ustida tadqiqot olib boradi.  Malika Tillyayeva  faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda bir nechta maqolalar e’lon qilgan.

 

Rasulova Kamola Yunusjonovna

Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi assistenti. Ayni paytda nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq milliy va xalqaro miqyosdagi maqolalari nufuzli jurnallarda chop etilgan. 1 o‘quv qo‘llanma muallifi.

Shcherbak Antonina Semyonovna

 

Antonina Shcherbak filologiya fanlari doktori, professor. 2022-yildan fakultetlararo rus tili kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Zikratov Viktor Viktorovich

Viktor Zikratov pedagogika fanlari nomzodi. 2021-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Nufuzli nashrlarda 40 ga yaqin maqolalari nashr etilgan.

Rus tili kafedrasi tarixi

Rus tilshunosligi kafedrasi 1939-yilda tashkil etilgan. Kafedra faoliyati avvalida professor A.V. Sokolov. Rahbarligida 2 nafar dotsent, 3 o‘qituvchi.

O‘tgan vaqt davomida kafedrani V.A. Krasnov (1944-1945), K.E. Gakkaev (1945-1947), S.D. Lipkin (1948-1956), professor I.M. Bagryanskiy (1956-1964), L.I. Roizenzon (1964-1977), dotsent A.G. Lomov (1977-1999), uning o‘rniga dotsent R.A. Ryasnyanskaya, dotsent X.N.Abdullaev, prof. E.A. Malinovskiy kabi olimlar mudirlik qilgan.

Professor Malinovskiy rahbarligida kafedrada beshta hududiy ilmiy konferensiyalar o‘tkazildi. Kafedra a’zolari muntazam ravishda turli ilmiy konferensiyalarda qatnashib keladilar: Xalqaro slavyanlar kongressi (2008-yil – Malinovskiy E.A.), Frazeologiya bo‘yicha xalqaro konferensiya (Germaniya, Polsha, Rossiya, 2004-2008, Malinovskiy E.A.), MAPRYAL (Malinovskiy E.A., Babaxo‘jayev A.B.) orqali. Denisenko O.A., Ryasnyanskaya R.A., Abdullaev X.N., Barsikyan S.A. 2010-2014) kabilar shular jumlasidan.

2016-yildan hozirgi kunga qadar kafedraga katta o‘qituvchi Kristina Dubrovskaya mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra bugungi kunga dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Kafedraning 3 nafar o‘qituvchisi Boshqird davlat universitetining aspirantura bosqichiga o'qishga kirgan.

 

2021-yilda ikkita kafedra - rus tilshunosligi va rus tili kafedralari birlashtirilib, fakultetlararo rus tili kafedrasi deb nomlandi. Bugungi kunda kafedrada 29 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 2 nafari professor, filologiya fanlari doktori – Malinovskiy E.A. va Tambov shahridan taklif etilgan mutaxassis Antonina Shcherbak va 3 nafar dotsent (To‘raxo‘jaeva R.K., Zikratov V.V. – Oltoy o‘lkasidan taklif etilgan mutaxassis, Usmanova S.Yu.), 10 nafar katta o‘qituvchilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari turli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi, magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qiladi, iqtidorli talabalar bilan muntazam ravishda ishlaydi, ularning ilmiy maqolalarini respublika va xalqaro miqyosdagi turli to‘plamlarda nashr etib keladi.

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari:

Bakalavr:

1. 60230101 – Filologiya va til o‘qitish (rus tili)

2. 5120100 – Filologiya va til o‘qitish (rus tili)

3. 5112500 - Chet til guruhlarida rus tili

  Magistratura:

4. 70230101 - Tilshunoslik (rus tili)

Kafedra hayotidan fotolavhalar