Bo'lim boshlig'i

 

 

Sanaqulov Shoxrux Mustafoyevich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998904661055
  •  Elektron pochta: 

Biografiya

2014-2018  yillar Samarqand davlat universiteti talabasi

2018-2020  yillar Samarqand davlat universiteti magistranti

2020-2022 yillar Samarqand shahar 57-oʻrta maktabda oʻqituvchi

2022- yildan  Samarqand davlat universitetining Astronomiya oʻquv-ilmiy markazi  boshligʻi

Astronomiya oʻquv-ilmiy markazi  (AOʻIM)

Fan va taʻlimni yanada rivojlantirish,Samarqand mintaqasida astronomiya sohasida fundamental va amaliy tatqiqotlar olib borish,hamda yuqori malakali mutahasislar tayyorlash maqsadida OʻzFA   Astronomiya instituti hamda Samarqand davlat universitetining SamDU qoshida ʻʻAstronomiya oʻquv-ilmiy markaziʻʻ tashkil etish haqidagi (2004 yil 1-mart) qoʻshma qarori va ushbu qarorning ijrosini taminlash maqsadida SamDU ning 2004-yil 29-martdagi №50-ij qaroriga muvofiq SamDU qoshida “Astronomiya o’quv-ilmiy markazi” (AO‘IM) tashkil etilgan.AO‘IM da оptik ko‘zgusi diametri 0,48m bo‘lgan “Grubb-Parsons” teleskopi mavjud, teleskopga zamonaviy ZAQ (Zaryadli Aloqa Qurilmasi) kamerasi ham o‘rnatilgan bo’lib, u koinotning eng uzoq ob’ektlarini ham sifatli tasvirga olish imkoniyatiga ega.AO’IM da 3 shtat birligi asosida shakllangan kuzatuvchilar guruhi faoliyat olib borishadi.SamDU Fizika fakulteti astronomiya yo’nalishining bakalavr hamda magistrantlari AO‘IM da turli mavzulardagi Bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiya ishlarini bajarishmoqda, hamda tayanch doktaratlar ham dissertatsiya ishi bo‘yicha kuzatuvlar olib borishmoqda.AO’IM xodimlari tomonidan, kuzatish ishlari asosan Maydanak balandtog‘ observatoriyasida amalga oshirilayotgan “Blazar teleskoplari yillar osha” deb nomlangan Xalqaro dasturga muvofiq, bizning sayyoramizga nisbatan 280 Mpk masofada joylashgan BL-Lac ob’ektlarini kuzatish ishlari ham davom ettirilmoqda.2007 yili AO‘IM xodimlari tomonidan GSC 2007:761 raqamli ~ 6.5 soatlik aylanish davriga ega bo’lgan qo‘shaloq o’zgaruvchan yulduz kashf etildi va xalqaro katalogga kiritildi. (Bu yulduzning yorqinlik differensial egri chizig‘i        δ = 0,05 yulduz qiymati aniqlik darajasida topildi). Shuningdek, ushbu markazda 2007-2011 yillar davomida “Blazar ob’ektlarning yorqinligi o‘zgarishlarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental grant loyiha muvaffaqiyatli bajarildi.  2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “ВА-ФА-Ф2-006 Samarqand va Maydanak observatoriyalarida astrofizik obektlarning o‘zgaruvchanligini o‘rganish” mavzusidagi fundamental grant loyiha ham muvaffaqiyatli bajarildi.