Mazkur konferensiya Samarqand davlat universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, Rossiyaning Psixologik va fanlararo tadqiqotlar federal ilmiy markazi, Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda.

    Gibrid shaklida o’tkazilayotgan anjumanda 50 dan ortiq xorijlik olimlar, tadqiqotchi va magistrantlar ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

    Konferensiyaning o’tkazishdan asosiy maqsad hamkorlikda dolzab bo’lgan psixologik tadqiqotlarni o’tkazish, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro grant va loyihalarda ishtirok etish. Shuningdek, psixologiyaning zamonaviy tadqiqotlari bo’yicha ilmiy ishlarni muhokama qilish ko’zda tutilgan.

    Konferensiyada olimlar “Shaxsning psixologik madaniyati va uning zamonaviy ta'lim sharoitida rivojlanishi masalasi”, “Oliy ta’limda o’quv jarayonini takomillashtirishda zamonaviy psixologiya fanining yangi vazifalari”, “Kasbiy imidj - zamonaviy o’qituvchining xulq-atvorga ta’siri”, “Fan va amaliyot integratsiyasi ta’lim tizimini takomillashtirishning asosi sifatida”, “O’quvchi maktabda nimani o’rganishi kerak” kabi mavzularida ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

    Konferensiya “Zamonaviy ta’lim makonida o‘quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik madaniyatini rivojlantirish muammolari”, “Iqtidor va ijodkorlikning psixologik jihatlari”, “Psixologik salomatlik va inklyuziv ta’lim muammolari”, “Deviant shaxsning xulq-atvori: psixologik diagnostika, oldini olish va korreksiya qilish”, “Ta’limning zamonaviy shakllari: o‘ziga xos xususiyatlar, muammolar, tendensiyalar va texnologiyalar”, “Ta’limda ijtimoiy aloqalarni samarali boshqarish” kabi sho’balarga bo’lingan holda davom etmoqda.

    Konferensiya maqolalari elektron to’plam shaklida nashr etilishi rejalashtirilgan. Mazkur to‘plam ilmiy elektron kutubxonaga joylashtiriladi va Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksiga (РИНЦ) kiritiladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.