Zuvayd Izatullayev – Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professori, biologiya fanlar doktori.

    Olim 4 darslik, 3 monografiya, 20 ga yaqin o‘quv qo’llanma, uslubiy tavsiyalar muallifi. Xalqaro jurnallar va konferensiyalar, to‘plamlarda 650 dan ortiq maqolalar nashr ettirgan.

    Professor Zuvayd Izatullayev ilmiy rahbarligida 1 fan doktori (DSc), 4 fan nomzodi va 4 falsafa doktori (PhD) himoya qilingan. Hozirgi kunda 2 fan doktori va 1 fan falsafa doktoriga (PhD) rahbarlik qilmoqda.

    Olim Tojikiston Fanlari akademiyasining Axborotnoma jurnalida tahririy hay’at aʼzosi.  

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.