Tadbirda Markaziy bank tomonidan taklif etilgan mutaxassislar Umid Ahmedov, Bahora Ortiqova va Mehrdod Hojimurodovlar ishtirokchilarga moliyaviy savodxonlikning asosiy tamoyillarini o‘zlashtirish va firibgarlarning turli tuzoqlaridan ehtiyot bo‘lish bo’yicha tavsiyalar berdi. Talabalar ham moliyaviy savodxonlikning turli jihatlarini faol muhokama qilib, o‘z ko‘nikma va tajribalarini oshirdilar.

    Mahorat darsi davomida talabalar ishonchli parollar va PIN-kodlarni yaratishning asosiy usullarini, shuningdek, qo‘shimcha himoya qatlamini ta’minlash uchun ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanishni o‘rgandilar. Shuningdek, ular firibgarlik va boshqa onlayn-banking firibgarliklarining asosiy belgilarini, ularni tanib olish va potensial tahdidlarning oldini olish masalalari muhokama etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.