Bugun Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi professori Joniqul Abdullayevning tug‘ilgan kuni.

    Fizika-matematika fanlari doktori, professor Joniqul Abdullayev 1964-yil Pastdarg'om tumanida tavallud topgan. Bugun 60 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

    Ushbu kun munosabati bilan universitet jamoasi  Joniqul Abdullayevni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat va ulkan zafarlar, uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.