Bugun Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi dotsenti  Zebiniso Umurzoqovaning  tug’ilgan kuni.

     Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Zebiniso Umurzoqova 1959-yil G'allaorol tumanida tug’ilgan. 65 yoshni qarshi olgan olima 41 yildan buyon buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

     Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.   

 

   Samarqand davlat universiteti 
   Axborot xizmati