Samarqand davlat universitetiga Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Vladislav Xomich tashrif buyurdi. Mashhur fizik olim bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Vladislav Xomichga “Fonon” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, akademik Muhsinjon Ashurov hamrohlik qildi.

    Muloqotda zamonaviy fan yo‘nalishlari: lazer fizikasi, sunʼiy intellekt, robototexnika, kvant elektronika kabi sohalarda hamkorlikda tadqiqotlar olib borishga kelishildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.