Abdullo Nasimov – Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi. 

    Olimning 2 monografiya, 10 o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan.

    15 ga yaqin maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda eʼlon qilingan. 10 ta ilmiy loyiha va CRDF granti sohibi.

    Abdulo Nasimov rahbarligida 3 doktorlik hamda 10 fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.