Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, professor Ahmadbek Yusupov universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar, va ularning qoshidagi ilmiy seminarlar raislari hamda kotiblari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

    Anjumanda Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, universitet professor-o’qituvchilari, O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti mutasaddi va tadqiqotchilari ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Ahmadbek Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikrlarini bildirdi.

    Muloqot savol va javob tarzida davom ettirilib, kengash raislari, kotiblari hamda dissertantlar oʻzlarining ilmiy ishlari bilan bogʻliq savollarga atroflicha javob berdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.