1. Ko‘chat tomirlarini ko‘zdan kechirish kerak. Ular kesilganda oq rangda bo‘lishi lozim. Agar rangi jigarrang bo‘lsa, demak tomir zararlangan. Bunday joylarini yosh qavatigacha kesish talab etiladi.
  2. Bir oy oldin tayyorlangan chuqurga ko‘chat tomiri diametriga qarab joy tayyorlanadi. Chuqur markaziga 2-3 ta qoziqchalar qoqib qo‘yish mumkin.
  3. Chuqur tubida kichik do‘nglik qilib, uning ustiga ko‘chat tomirlarini joylashtiring.
  4. So‘ng ko‘chat ustidan tuproq tortiladi, faqat daraxt tanasini biroz silkitib turish tavsiya etiladi. Tuproq tomirlar orasiga tekis taqsimlanishi kerak. Ildiz bo‘ynini yerdan taxminan besh santimetr uzunlikda qoldiring. Sepilgan tuproq ustini zichlang.
  5. Ko‘chat tanasi diametri bo‘yicha zichlangan tuproqdan biroz tepalik hosil qiling. Bu namlik ketmasligi uchun kerak.
  6. O‘tqazilgan daraxtni 2-3 chelak suv bilan sug‘oring.
  7. Ko‘chatni qoqilgan qoziqqa erkinroq qilib bog‘lab qo‘ying. Agar bunday qilmasangiz, daraxt o‘sgan sari egilib boraveradi.
  8. Tomirlarni muzlab qolishidan himoyalash uchun yerni 30 santimetrgacha qalinlikda chopiq qilish kerak.
  9. Olma ko‘chatini har qanday issiqroq mato bilan o‘rab qo‘ying, bu kemiruvchilardan saqlaydi.
  10.  Ko‘chat ekilganidan ikki hafta o‘tib, tomirlarni o‘stiradigan vosita bilan sug‘orish mumkin.

Bahrom Xolmirzayev,

Samarqand davlat universiteti

meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti.