Andrey Ivanesga Belarus Respublikasi taʼlim vazirligi xalqaro hamkorlik boshqarmasi konsultanti Svetlana Gavrilova, Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori, Belarus rektorlar kengashi raisi Vadim Bogush, Belarus davlat texnologik universiteti rektori Igor Voitov, Brest davlat universiteti rektori Yuriy Golubevlar hamrohlik qildi.

    Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashuv o‘tkazdi.

    O‘zaro muzokaralarda tomonlar uchun muhim bo‘lgan sohalar: taʼlim, amaliy va fundamental tadqiqotlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv so‘ngida Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Brest davlat universiteti rektori Yuriy Golubevlar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.