Isroil Jumanov – Samarqand davlat universiteti  sun’iy intellekt va axborot tizimlari kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.

    Isroil Jumanov ilmiy rahbarligida 1 doktorlik va 24 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Respublikada axborot texnologiyalari sohasi rivojiga munosib xissa qo‘shib kelmoqda. 5 monografiya, 300 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifidir.

    Shuningdek, bugunga qadar 700 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan. 34 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

    Olim tomonidan ishlab chiqilgan qiyofalarni tanish, tafakkurli tizimlarni o‘rgatish, axborotlarni qayta ishlashni maqbullashtirish nazariy uslubiyatlar boshqaruv va axborot texnologiyalari fani rivojida muhim ahamiyat kasb etgan va shu sohaga oid tadqiqotlar ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tibor qozongan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.