Samarqand davlat universitetida suv-botqoqlik yerlari kuni munosabati bilan seminar tashkil etildi. Geografiya va ekologiya fakultetining “Flamingo” klubi va “Yosh ekolog” to’garagi a’zolari tashabbusi bilan o’tkazilgan mazkur tadbir ko’tarinki kayfiyatda kechdi.

    Ma’lumot uchun, suv-botqoqlik yerlar kuni 1971-yil 2-fevralda YUNESKO qarori bilan Eronning Ramsar shahridagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoqlik yerlarda yashovchi qushlarni himoyaga olish maqsadida Konvensiyaning imzolanishi asosida joriy etilgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.