Normahammad Xolmatov - Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasining professori, tarix fanlari doktori. Olimning Scopus, Web of Science xalqaro bazalariga kiruvchi hamda jahonning nufuzli ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin va respublika ilmiy jurnallarida 60 yaqin maqolalari eʼlon qilingan. Shuningdek, 6 monografiya, 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 20 ga yaqin o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

    Asosiy ilmiy yo‘nalishi “O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston mezolit va neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotlari”ga qaratilgan. Normahammad Xolmatov Rossiya Fanlar akademiyasi arxeologiya institutining maktabini o‘tagan, qator xorij arxeologik ekspeditsiya tadqiqotlari ishtirokchisi. Har yili O‘rta Zarafshon vohasi Sazog‘on neolit madaniyati yodgorliklarida qazilma ishlarini amalga oshirib keladi. H-indeksi 3. Tayanch doktorant va uch mustaqil tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.