Samarqand davlat universiteti qoshidagi sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan vebinar o‘tkazildi.     Vebinarda hozirgi vaqtda sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish sohasidagi asosiy yangiliklar muhokama qilinib, 2023-yil 8-dekabrdagi Yevropa Ittifoqining sunʼiy intellekt boʻyicha nizom loyihasining dastlabki kelishuvini tuzishga alohida eʼtibor qaratildi.

     Yevroparlament va Yevropa kengashi rahbariyati o‘rtasida dastlabki kelishuv imzolandi. Shartnomaning tuzilishi sun'iy intellekt sohasidagi Yevropa qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo'ldi.
    Ushbu vebinar Samarqand davlat universitetida Erasmus + Jean Monnet “Artificial Intelligence Regulation: European Approach for Central Asia” (project 101124510 – AIREA-CA – ERASMUS-JMO-2023-HEI-TCH-RSCH) dasturi doirasida amalga oshirildi.