SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti dotsenti Jasurbek Abdumalikov Rossiya fanlar akademiyasi Sibir Agrobiotexnologiyalar federal ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib turibdi. Safar maqsadi qishloq xo‘jalik ekinlarini zamonaviy usullar yordamida ko‘paytirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish sanaladi. J.Abdumalikov tomonidan ushbu markazning Agroiqlim tadqiqotlari hamda Mikroklonal ko‘paytirishni avtomatlashtirish laboratoriyalarida zamonaviy genetika va genomika usullari yordamida g‘o‘zaning yangi navlarini yaratish bo‘yicha tajribalar olib borilmoqda. Yangi o‘simlik navlarini ko‘paytirishda ozuqa muhitlarini tayyorlash, o‘simliklarni virusli kasalliklardan himoya qilish uchun PSR tahlillarini olib borish ustida ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek, safar davomida boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari, xususan, kartoshka, makkajo‘xori, dukkakli don va yem-xashak ekinlari, dorivor o‘simliklar ustida ham ishlar olib boriladi va tadqiqot natijalari respublikamizda ushbu sohalarni rivojlantirishda tatbiq etiladi.