Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining 2-bosqich talabalariga Vengriyaning Debretsen universiteti professori Szabo Gergely qishloq xo’jaligida zamonaviy yo’nalishlardan hisoblangan GAT texnologiyalari fanidan dars mashg’ulotlarini olib bormoqda.

    Vengriyalik olim Szabo Gergely institut talabalariga 1 oy davomida ushbu fan bo’yicha bilimlarni o’rgatadi. GAT texnologiyalari aqlli qishloq xo’jaligi sohalarida keng qo’llanilayotgan usullardan biri hisoblanadi.  

    Ma’lumot uchun, Vengriyaning Debretsen universiteti dunyo reytingida top-700 o’rinda, Evropada esa 218-o’rinni egallagan nufuzli universitetlardan biri sanaladi. Universitetda 30 mingga yaqin talaba tahsil oladi. 87 bakalavr ta’lim yo’nalishlari va 100 magistratura mutaxassisliklari mavjud. 70 dan ortiq ta’lim yo’nalishlari to’liq ingliz tilida olib boriladi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.