Nuzufli anjumanda Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, ilmiy jamoatchilik vakillari, olimning oila a’zolari ishtirok etdi.

    Shuningdek, O’zRFA prezidenti Bekzod Yuldashev, O‘zRFA qoshidagi Yadro fizikasi laboratoriyasi direktori, professor Ilhom Sodiqovlar onlayn ma’ruza qildi.

    Konferensiyani Rustam Xolmurodov kirish so’zi bilan ochdi:

    - Tolib Mo‘minov Samarqand davlat universitetini bitirgan 10 nafar akademikdan biri. U kishining tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida yadro fizikasi ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan. O’zbekistonda yagona bo’lgan mazkur laboratoriyada o’nlab xalqaro grantlar, yadro sohasi bo’yicha dolzarb ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda... Atoqli olimlarning hayot yo’li, ta’lim va ilm-fandagi yutuqlari, insoniylik fazilatlari talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun ibrat bo’lib xizmat qiladi. Tolib Mo‘minov ana shunday yuksak fazilatli olimlar sarasiga kirishi bilan respublika fizika fani tarixida abadiy qoladi…

    Marosimda so’zga chiqqan olimlar akademik Tolib Mo‘minov haqida xotiralarini yodga olib, iliq fikrarini bildirdi.

    Bekzod Yuldashev, O’zRFA prezidenti, akademik:

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.