Samarqand davlat universitetida “INNOWEK-2023” haftaligi doirasida intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida "Eng yaxshi IT STARTAP" tanlovi o'tkazildi.

    Mazkur tanlovda ekspert sifatida dasturiy mahsulotlar yaratish bo'yicha “CyBER AREA” xususiy korxonasi direktori Bobur Hamidov va IT-PARK Samarqand hududiy filiali STARTAPLAR bo'yicha menejer Bobomurod Toshboyevlar ishtirok etdi.

    Eng yaxshi STARTAP sifatida SamDU dasturiy injiniring yo'nalishi talabasi Maqsud Pardayevning "Ilmiy ommabop resurslarni onlayn taqdim qilishning virtual kutubxonasi" dasturi tanlab olindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.