Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov Fransiyaning Puate universitetida bo’lib turibdi. Tashrif doirasida Erasmus+ loyihasida professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini muntazan tashkil etish maqsadida Puate universitetining xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Farida Enikeeva, o’quv bo’limi boshlig’i Julien Mishel, magistratura bo’lim boshlig’i Pol Vanhuke va matematika va ilovalar laboratoriyasi mudiri Boris Pasquierlar bilan uchrashuv o’tkazdi.

    Muloqotda SamDU ning Erasmus+ loyihadagi ishtiroki, magisratura va doktorantura bosqichlarida talaba almashish, qo’shma laboratoriyani tashkil etish va faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.