Biokimyo instituti genetika va biotexnologiya kafedrasi  tayanch doktoranti Guljaxon Eshbekova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish” tanlovida gʻoliblikni qo’lga kiritdi.

    Guljaxon Eshbekova ushbu grant dasturi asosida Janubiy Koreyaning Chonnam Milliy universitetida ilmiy tadqiqotlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

    Ma’lumot uchun, mazkur tanlovga hujjat topshirish 2023-yil 1-noyabrgacha davom etadi.