Samarqand davlat universiteti xalqaro ta'lim dasturlari markazi direktori, PhD Sardor Umarovning shu nomli monografiyasi nashr etildi.

    O‘zbekistonning tarix fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biri – mustaqil rivojlanish jarayoni, mamlakat ichki va tashqi siyosiy faoliyatini chuqur tadqiq etish va har tomonlama xolis yoritishdan iborat. Shuning uchun ham respublika tashqi siyosatining shakllanishi, asosiy tamoyillari, jahon mamlakatlari bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari tarixi va tadrijini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur monografiya 1991-2021-yillarda O‘zbekiston va Germaniya hamkoriligi tarixini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Monografiya tarixchilar hamda O‘zbekistonning hamkorligi tarixiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati.