Farzandining o‘qishi uchun sharoitlar yaratib, ularni qo‘llayotgan ota-onalarga Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tashakkurnomalari topshirilmoqda.

    Pastdarg’om tumani “Qorasuv” mahallasida istiqomat qiluvchi Shohrux O’rozov joriy o‘quv yilida Samarqand davlat universitetiga davlat granti asosida birinchilar qatorida o‘qishga qabul qilingan. Bugun u intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining dasturiy injiring yo‘nalishida tahsil olmoqda.

    Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovning tashabbusi bilan farzandlarining o‘qishi, ularning ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmagan ota-onalarni taqdirlash loyihasi tashkil etilgan. Ushbu loyiha doirasida Shohrux O’rozovning ota-onasi – Fazliddin Sharipov va Aziza Naymanovalarga Rustam Xolmurodovning maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Shohrux O’rozov ta’lim olgan Pastdarg’om tumani 87-maktabda tashkil etilgan tadbirda uning ota-onasi mahalla ahliga farzandini ilmli qilib tarbiyalashda o‘rnak sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning muvaffaqiyati yoshlar uchun ajoyib ruhlantirish bo‘ldi.

Samarqand davlat universiteti

 Axborot xizmati.