Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Tsukuba universiteti rektori, Yaponiya davlat universitetlari rektorlar kengashining prezidenti Kyosuke Nagata boshchiligidagi delegatsiyani SamDU Muhandislik fizikasi instituti hamda Biokimyo instituti faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Martabali mehmonlarlarga Senat raisining birinchi o‘rinbosari, Senator Sodiq Safoyev, Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor Jo‘liboy Eltazarov, Sukuba universiteti professori Timur Dadaboyevlar hamrohlik qildi.

- Ikki kundan buyon Samarqand davlat universitetidamiz. Kecha hamkorlik masalalarini muhokama qildik, - deydi Sukuba universiteti vise-prezidenti Jun Ikeda. – SamDU Muhandislik fizikasi va Biokimyo instituti faoliyatini ko‘zdan kechirib, to‘g‘ri yo‘l tutganimizga ishonch hosil qildik. Bu yerda ajoyib ilmiy muhit shakllangan. Tadqiqot va kashfiyotlar qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ilmiy laboratoriyalarda Yaponiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnik jihozlarning borligi meni xursand qildi. Zoologiya muzeyida noyob eksponatlar ko‘p ekan, o‘zim uchun yangi hayvonot olamini kashf qildim. SamDUga Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjarning tashrif buyurgani bu juda katta voqea. Uning nomida laboratoriya tashkil qilinganligi bizda katta taassurot qoldirdi. Institut binolariga milliy urf-odatla va qadriyatlar hamda tarixiy yodgorliklarni suratlari qo‘yilganligi meni e’tiborimni tortdi. Ayniqsa, ota-ona siymosi va qishloq hayotidagi lavhalarning mavjudligi bolaligimni yodga soldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.