Samarqand davlat universitetining professor-o’qituvchi va talabalari xalqaro grantda ishtirok etdi…
Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, dotsent Bektosh Raximov, o’qituvchi Muhtaram Yakubova, doktorant Parvina Raxmonova hamda bir qator magistrant va talabalar Germaniyaning DAAD granti asosida "Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari" nomli xalqaro ilmiy loyihada ishtirok etdi.
Xalqaro grant dasturi Germaniyaning Goettingen universiteti, Samarqand davlat universiteti va BuxDU bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Loyihaning birinchi qismi Buxoro davlat universitetida 15-maydan 22-maygacha davom etdi. Unda SamDU vakillari "Samarqand davlat universitetida “G‘arb tadqiqotlarchilarining Markaziy Osiyo tarixini o’rganishga qo’shgan hissalari” mavzusi bo’yicha ingliz tilida taqdimot qildi.
Loyihaning ikkinchi qismi SamDU da o’tkazilib, ishtirokchilar o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun loyihaning uchunchi qismi 2024-yil aprel oyida Germaniyaning Goettingen universitetida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.