EN TR

 

FAXRIY KENGASH   TASHKILIY QO‘MITA   KOTIBIYAT   ISHTIROKCHILAR RO‘YXATI 
ILMIY KENGASH HAMKOR TASHKILOT VA MUASSASALAR  TARJIMAI HOL  

 

SIMPOZIUM HAQIDA

SULTON YILDIRIM BOYAZID VA AMIR TEMUR XALQARO KONFERENSIYASI HAQIDA

“Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur xalqaro konferensiyasi (Samarqand-Bursa-Anqara) loyihasi 2022-yilning 17-26-oktabr kunlari Samarqand, Bursa va Anqara shaharlarida ikki buyuk turk xoqonining davrlariga va zamonlarni oshgan taʼsiriga eʼtibor qaratish maqsadida oʻtkaziladigan katta anjumandir. Ushbu tadbirning manfaatdor tomonlari orasida Anqara Yildirim Beyazit universiteti, Bursa Uludag universiteti, Samarqand davlat universiteti, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, Turk tarix jamiyati, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi raisligi, Yunus Emre instituti, TURKSOY, Bursa shahar hokimligi, Bursa Yildirim tuman hokimligi, Anqara Chubuk hokimligi va Ankara Kechio‘ren hokimligi mavjud. Ushbu konferensiya zamonasining Samarqand, Bursa va Anqara shaharlarini Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur atrofida markazlashtirgan holda Turkiya va O‘zbekistonda hamkorlik aloqalarini amalga oshirishni maqsad qilgan.

“Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur xalqaro konferensiyasi (Samarqand-Bursa-Anqara)” nomli loyiha koʻp maqsadlarga ega. Avvalo, ikki qardosh davlat Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shish, tarix, adabiyot, san’at, madaniyat, iqtisod, falsafa sohalarida hamkorlik va hamjihatlikni oshirish asosiy maqsadlar sirasiga kiradi. Boshqa tomondan, ushbu xalqaro simpoziumda Amir Temur va Sulton Yildirim Boyazid bilan bog‘liq ikki davlatda vaqt o‘tishi bilan paydo bo‘lgan salbiy qarashlarni bartaraf etish muhim maqsadlarimizdandir. Bundan tashqari, Anqara jangida Amir Temur va Sulton Yildirim Boyazid nomi tilga olinsa-da, ilm-fan, san’at, adabiyot, me’morchilik, vaqf kabi sohalarda erishilgan yuksak sivilizatsiya darajasini ochib berish va muhokama qilish loyihaning maqsadlaridan biri hisoblanadi. Xullas, Turkiya hamda O‘zbekiston olimlarining to‘planib, o‘zaro hamkorlik va qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirishlariga munosib hissa qo‘shish rejalashtirilgan.

Loyiha tufayli Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida yaqin aloqalar va hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, hamkorlik har sohada yanada mustahkamlanadi va keng tarqaladi. Bu birinchi navbatda ikki qardosh davlat Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, tarix, adabiyot, san’at, iqtisod va falsafa sohalarida hamkorlik va hamjihatlikni oshirishga yordam beradi. Ikki buyuk turk hukmdori Yildirim Boyazid Xon va Amir Temurning kurashi va so‘z yuritilayotgan tarixiy davrlar soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, turkiy ilm va akademiyaga katta foyda keltirishi kutilmoqda. Natijada Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkam tarzda davom etishi maqsad qilingan. Simpozium so‘ngida  ma’ruzalarni chop etish va ilm-fan olamiga taqdim etish rejalashtirilgan.