SULTON YILDIRIM BEYAZID TARJIMAYI HOLI

SULTON YILDIRIM BOYAZID

(1354-1403)

U 1354- yilda tug‘ilgan. U Sulton Murod I ning toʻngʻich oʻgʻli, onasi Gulchichek Xotundir. Taxminan 1381-yilda Germiyano‘g‘li Sulaymon Chalabiyning qizi Devlet Xotunga uylanadi va xotiniga qalin sifatida berilgan yerlarga sanjoqbegi etib tayinlanadi. Franklar urushidagi muvaffaqiyati va qat’iyatliligi uchun unga "Chaqmoq" laqabini berishgan. U 1389- yilda Kosova urushida g‘alaba qozonishda katta yordam ko‘rsatdi. Shu sababli, yuqorida tilga olingan urushda og‘ir yaralangan otasi Murod uni o‘z o‘rniga sulton bo‘lishini vasiyat qiladi. Murod I shahid bo‘lgach, Boyazid otasining o‘rniga sulton bo‘ldi. 1393-1394- yillarda Rumelini bosib olib, Istanbulni qamal qiladi. 1396-yilda Nikopol jangida salibchilarni magʻlub etib, Bolgariyani Usmonlilar yerlariga qoʻshib oldi. 1402- yil Anqara jangida Temurdan yengilib, asirga tushdi. 1403- yilda vafot etdi va jasadi Bursaga keltirilib, o‘g‘li Sulaymon Chalabiy tomonidan qurilgan qabrga dafn qilindi. Ulujami, Bedesten, Yildirim Kulliye va Darushshifa, Kazeruniy Zaviye kabi muhim asarlarni Bursada qurdirgan va ular uchun vaqflar tuzgan.

 

AMIR TEMUR TARJIMAYI HOLI

AMIR TEMUR

(1336-1405)

Temuriylar sulolasining asoschisi Amir Temur 1336- yilda Kesh (hozirgi Shahrisabz) atrofidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Barlos urugʻidan boʻlgan Temurning otasi Amir To‘rag‘ay, onasi Takina Xotundir. Temur hayotining ilk yillari haqidagi ma’lumotlar ko‘p emas. 1370-yilda Moʻgʻul xonligi boʻlgan Chigʻatoy xonligining (Movarounnahr) gʻarbiy qismini bosib oldi va Samarqandda taxtga oʻtirdi. Temur harbiy hukmdor bo‘lgani uchun umri harbiy yurishlarda o‘tgan. Xorazm yurishlari, Dashti Qipchoq yurishlari, uch yillik yurishlar (1386-1388), besh yillik yurishlar (1392-1397), Hindiston yurishlari (1398-1399) va yetti yillik yurishlar sifatida tilga olingan ushbu harbiy faoliyatlar tufayli Temur chegaralari Hindistondan Istanbul bo‘g‘ozlarigacha , Yevroosiyo dashtlaridan Yaqin Sharqqa qadar cho‘zilgan bu buyuk imperiyaga ega bo‘lgan. Temur 1404- yilda Xitoyga yurishi chog‘ida 1405 -yilda O‘trorda vafot etadi. Hukmronligi davrida jang maydonlarida mag‘lubiyatga uchramagan Temur buyuk sarkarda va davlat arbobidir. Amir Temur olimlarga, fan arboblariga va hunarmandlarga katta ahamiyat bergan, o‘z saroyidan davrning yetuk olimlariga joy berib, ilmiy munozaralar uyushtirgan. Qolaversa, u oʻzi bosib olgan yerlardan olimlar, fan arboblari va hunarmandlarni poytaxt Samarqandga koʻchirib kelib, xususan, Samarqandning, balki butun Movarounnahrning madaniy-ijtimoiy rivojiga katta hissa qoʻshgan.