ISTE’DOD,  IMTIYOZ,   IMKONIYAT...

img

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 martdagi farmoniga muvofiq,  Xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida o’qishi  uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida,  Samarqand davlat universitetiga imtiyoz asosida qabul qilingan qizlarni qutlash marosimi bo’lib o’tdi... 

Joriy yilda mamlakatimizda 940 nafar xotin-qiz qo’shimcha kvota  asosida talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi. Ulardan 20 nafari  Samarqand davlat universitetida davlat grantida o’qiydi.

2020 yil 3 oktyabr kuni universitet rahbariyati tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasidan 1 nafar, Samarqand  2 nafar, Poyariq  3 nafar, Pastdarg’om  5 nafar, Qo’shrabot  6 nafar, Ishtixon  1 nafar, Bulung’ur tumanidan 2 nafar  imtiyoz asosida talabalikka qabul qilinganlarning xonadonlarida bo’lib, ularga universitet rektorining tabriknomasi hamda esdalik sovg’alar topshirildi.