Samarqand davlat universiteti

xorijiy tillar kafedrasi​ mudiri

Tagayeva Sayyora Ulashevna

tagaevasayyora27@gmail.com

Samarqand davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi​ mudiri dotsent. Mazkur kafedrada 2012-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy ishlar nashr ettirgan. 1 uslubiy, 1 o'quv qo’llanmalar va 1 darslik muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 20 maqolasi e’lon qilingan. Boshqa nufuzli nashrlarda 20 dan ortiq maqolalar  chop ettirgan.

                                                                      Xorijiy tillar kafedrasi​ a’zolari

Yuldashev Musa Muxammatovich

muso.yuldashev@mail.ru

Filologiya fanlari nomzodi, professor. 1968-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. “Izhorli gap sinonimlari” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faoliyati davomida 2 darslik, 35 ta oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar muallifi.  Shu kunga qadar 150 dan ziyod ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalari Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Afrika va Polsha kabi davlatlarning xalqaro ilmiy nashrlari hamda respublika jurnallarida chop etilgan.

Mustanova Shohista Ortiqovna

mustanovashoxista3@gmail.com

Samarqand davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi​ katta o‘qituvchisi. Mazkur kafedrada 2006-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 
Faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy ishlar nashr ettirgan. 2 uslubiy va 2 o‘quv qo’llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 8 maqolasi e’lon qilingan. Boshqa nufuzli nashrlarda 35 ga yaqin maqolalar  chop ettirgan.  

 

 

Bozorova Umida Qilichovna

umidabozorova1980@gmail.com

Samarqand davlat universiteti xorijiy  tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. Mazkur kafedrada 2013-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. «Badiiy matnemotivligi: semantik-kognitiv aspekt (zamonaviy nemis prozasi materiallari asosida)» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Faoliyati davomida 20 ga yaqin ilmiy ishlar nashr ettirgan. 2 uslubiy qo’llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 10 maqolasi e’lon qilingan.

Azimova Zuhro Ismatilloyevna

 zuhro.azimova@mail.ru

Assistent-o’qituvchi. SamDU xorijiy tillar kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 9 ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 4, boshqa ilmiy nashrlarda 5 maqolalar chop ettirgan. «Nemis va o'zbek tilida olmoshlar tizimining qiyosiy-tipologik tadqiqi» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Umarova Oyzoda Solijonovna

 

Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1995-yildan buyon Samarqand davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 60 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Faoliyati davomida 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek,  bugungi qadar nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 10 maqola e’lon qilgan.

Negova Firuza Sharifovna

f.negova@gmail.com

SamDU xorijiy tillar kafedrasida 2018-yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Mustaqil tadqiqotchi sifatida  “ESP and teaching English for students of Chemical faculty at SamSU” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Feruza Negova  faoliyati davomida 2 o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 10 ga yaqin maqolalar muallifi.  Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan.

http://annalsofrscb.ro/index.php/journal/article/view/2020

Abdusalomova Aziza Xomidovna

 

2013-yildan beri Samarqand davlat universiteti xorijiy tillar  kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab keladi.  Abdusalomova Aziza faoliyati davomida 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda e’lon qilingan.

Xasanova Shaxnoza Zoxirovna

shahnozahasanova338@gmail.com

 

SamDU xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2019-yildan buyon mazkur kafedrada faoliyat yuritib keladi. Shu kunga qadar 20 ga yaqin ilmiy ishlari e’lon qilingan. Xalqaro jurnallarda 4 maqola nashr ettirgan. 

Arziqulova Xurshida Akbaraliyevna

xurshidaarziqulova007@gmail.com


Samarqand davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Mazkur kafedrada 2024-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy ish, 1 ta risola va 1 ta monografiya nashr ettirgan. Xorijiy ilmiy jurnallarda 10 ta maqolasi, respublika va boshqa nufuzli jurnallarda esa 20 dan ortiq maqolasi chop etilgan. 2024-yilda 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga erishgan.

Nizamova Gulnoza Azatxanovna 

gulnozanizamova8@gmail.com

Kafedra assistenti. 2024-yildan buyon  SamDU xorijiy tillar kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Mustaqil tadqiqotchi ilmiy izlanish olib bormoqda .

Gulnoza Nizamova faoliyati davomida 3 ilmiy konferensiyada  va 3 respublika jurnallarida maqola e'lon qilgan.

 

Sobirova Zarxala Boltakulovna

zarxalasobirova@gmail.com

Kafedra assistenti. 2018-yildan buyon SamDU xorijiy tillar kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Zarxala Sobirova faoliyati davomida 12 ta xorijiy 6 ta mahalliy jurnallarda ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

Tolibova Shaxzoda Baxtiyorovna

tolibovashakhzoda@gmail.com

Kafedra assistenti. 2019-yildan buyon SamDU xorijiy tillar kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Shaxzoda Tolibova faoliyati davomida 10 ta xorijiy, 5 ta mahalliy jurnallarda ilmiy maqola va tezislari e’lon qilingan

https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=MT_v098AAAAJ

 

Burxonova Aziza Ixtiyorovna 

burkhonovaaziza@gmail.com 

Samarqand davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi oqituvchisi. Mazkur kafedrada 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyat davomida 20 ga yaqin ilmiy ishlar nashr ettirilgan! 1 ta elektron platforma va 1 ta oquv qollanma muallifi! Boshqa nufuzli nashrlarda 15 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr ettirgan

Xorijiy tillar kafedrasi haqida

Xorijiy tillar  kafedrasi 1963-yilda roman-german tillari kafedrasi nomi bilan dotsent A.Klitnova va dotsent T.Imomnazarov  rahbarligida tashkil etilgan .

Kafedra faoliyati jarayonida professorlar B.Tursunov, M.Xolbekovlar, dotsentlar A.Nurmuhammedov, A.Narzuqulov, Mamatxonova, A.Eshonqulov, B.Vеlmishеvлар boshqargan va faoliyat yuritganlar. Shuningdek filologiya sohasida o’zining yetuk ilmiy salohiyati bilan eng yuqori o’rinlarda turgan filologiya fanlari doktori professorlar N.Turniyozov, I.Mirzayev, A.Mamatovlar boshqargan bo’lsa, keyingi davrlarda professor M.Begmatov, dotsentlar G.Atayeva, A.Xasanov, professor M.M.Yuldashevlar faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar professor, 3  nafar (PhD) dotsent, 5 nafar katta o’qituvchi  va 7 nafar assistent-o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari  Rossiya,  AQSh, Ukraina, Afrika, Polsha va Qozog’iston kabi xorijiy davlatlarning nufuzli nashrlarida e’lon qilingan. Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy ishlardan tashqari shu kungacha nemis, fransuz va lotin tillaridan ellikdan ziyod  darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar chop ettirilgan. 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari.

Nemis tili
Fransuz tili 

Ingliz tili 

Kafedra hayotidan fotolavhalar