Delegatsiya a’zolari dastlab, SamDU zoologiya va arxeologiya muzeylarida bo’lishdi. Oranjeriyaga sayohat qildi. Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Muhandislik fizikasi institutida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi, ilmiy laboratoriyalarni ko’zdan kechirdi.

    Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda tomonlar o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Agrobiotexnologiya, ekologiya, iqtisodiyot, asbobsozlik, yadro fizikasi, muqobil energiya, qishloq xo’jaligi, turizm sohalari bo’yicha hamkorlik qilish yuzasidan fikr yuritildi. Rus tili o’qituvchilarining malakasini oshirishda Tambov davlat universiteti tajribasini o’rganishga kelishildi.

    Shuningdek, turizm sohasi bo’yicha Samarqand davlat universiteti, Tambov davlat universiteti va Xitoy universitetlari bilan uch tomonlama hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universiteti Tambov davlat universiteti bilan 2023-yilda hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Akademik mobillik dasturi asosida mazkur universitet professori Antonina Sherbak SamDU rus tili kafedrasida faoliyat ko’rsatmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar