Ilmiy rahbari SamDU matematik analiz kafedrasi mudiri, dotsent G’ofurjon Hasanov.

Uning 15 ga yaqin maqolasi Rossiya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, AQSH, Polsha kabi davlatlarning nufuzli jurnallari va xalqaro konferensiyalarida e’lon qilingan.

Chet tilini bilish bo’yicha xalqaro IELTS 6.0 sertifikatiga ega. Ulug’bek nomli davlat stipendiya sohibi.

Go’zal Rossiya xalqlar do’stligi universiteti va Polshaning Sileziya universiteti tomonidan o’tkazilgan xalqaro matematika fan olimpiadasida kumush medalni qo’lga kiritgan. Shuningdek, Rossiyaning Ufa fan va texnologiyalar universiteti tomonidan o’tkazilgan olimpiadada esa bronza medal sohibi bo’lgan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.