Bugun Samarqand davlat universiteti professori Minjigit Abdurahimov, va dotsentlar Rustam Kushatov, Xolmurza Nazarovlarning tug’ilgan kuni.

    Raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Rustam Kushatov Payariq tumanida tug’ilgan. 67 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Tuproqshunoslik va agrotexnologiya kafedrasi professori Minjigit Abdurahimov Baxmal tumanida tug’ilgan. 64 yoshini nishonlayotgan olim, 44 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti Xolmurza Nazarov Oqdaryo tumanida tug’ilgan. 63 yoshini nishonlayotgan olim, 42 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi