Joriy yilning 14-18-avgust sanasida Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining tashabbusi bilan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Rossiyaning A.G.Vishnevskiy nomidagi oliy demografiya instituti va O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar bo‘yicha yo‘nalishi saʼy-harakati bilan besh kun davomida “O‘zbekistonda demografik tahlil va aholi prognozlarini tuzish asoslari” mavzusida yozgi maktab o‘tkazildi. Yozgi maktabda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 20 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Qatnashuvchilarning orasida Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi professori Lutfullo Ibragimov ham bor.

    Yozgi maktabda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi va Rossiyaning A.G.Vishnevskiy nomidagi oliy demografiya institutining xalqaro ekspertlari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat statistika qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti, Makroiqtisodiy tadqiqotlar va prognozlashtirish instituti amaliyotchi mutaxassislari tomonidan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, O‘zbekistonda demografik rivojlanish muammolari, demografik tahlil usullari, demografik prognozlashning vazifalari va usullari, prognoz senariylarini ishlab chiqishga yondashuvlar masalalari bo‘yicha ilmiy maʼruzalar va mahorat darslari o‘tkazildi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.