Samarqand davlat universitetida ushbu nomdagi kitob taqdimoti o‘tkazildi...

    Taqdimot marosimida respublikamizning turli muassasa va tashkilotlari vakillari hamda Samarqand davlat universiteti ilmiy jamoatchiligi ishtirok etdi.

    -Agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ladi, - deydi Samarqand davlat universiteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev. -Bu davrning yetuk namoyandalari, mutafakkir va allomalarimizning boy merosidan butun bashariyat ravnaqi yo‘lida oqilona va samarali foydalanish - bu siz bilan bizning vazifamiz va burchimizdir. Bu borada fidoyi olimlar juda muhim o‘rin tutadi.. Aynan ularning mehnati tufayli biz o‘tmishning bebaho ilmiy merosini qaytadan kashf etmoqdamiz.

   

    Iroda BEKMURODOVA,

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati xodimi.
    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.