Samarkand State University
of the name Alisher Navoi

 
Enter to webmail
User
Pass
Philology

 

 

O’zbek filologiya fakulteti haqida

 

 

      O’zbek filologiyasi fakul’teti 1927 yilda tashkil topgan. Fakul’tet o’z taraqqiyoti davomida respublikamizga 7000 ortiq adabiyotshunos va tilshunos tayyorlab berdi.
      Fakul’tetda akademik Vohid Abdullayev va professor Ulug’ Tursunov asos solgan adabiyotshunoslik va tilshunoslik bo’yicha yirik maktablar yaratildi. Ushbu maktablar hozirgacha 200 dan ortiq fan nomzodi va 30 dan ortiq fan doktorlari tayyorladi. Ular respublikamizning deyarli barcha oliy o’quv yurtlarida mehnat qilishmoqda.
      Fakul’tetda hozirgi kunda to’rtta kafedra mavjud:
1. O’zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida 1 nafar akademik, 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi dosent, 1 nafar fan nomzodi o’qituvchi, 2 o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Akademik B.Valixo’jayev rahbrlik qilmoqda.
2. Hozirgi zamon o’zbek adabiyoti kafedrasida 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dosent, 2 nafar fan nomzodi, o’qituvchi professor H.Umurov rahbarligida mehnat qilmoqda.
3. O’zbek tilshunosligi kafedrasida 4 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, dosent, 4 nafar fan nomzodi o’qituvchi, 1 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraga professor S.Karimov boshchilik qilmoqda.
4. Amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasida 2 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, dosent, 5 nafar o’qituvchi mehnat qilmoqda. Kafedraga professor I.Mirzayev rahbarlik qilmoqda.
      Fakul’tetda professor - o’qituvchilarning o’rtacha yoshi – 54 ni tashkil etadi.
    Ta’lim bosqichidagidan quyidagi ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

  • 5220100 – o’zbek filologiyasi – bakalavr;
  • 5A 220101- adabiyotshunoslik,
  • 5 A 220102 – lingvistika,
  • 5 A 220106 – kasbiy fanlarni o’qitish metodikasi,
  • 5 A 220103 – tarjima nazariyasi va amaliyoti – magistratura;
  • 10.10.20 – milliy tillar – doktorantura.


Hozirgi kunda 449 nafar talaba, shundan 156 nafar byudjet va 293 nafar kontrakt – to’lov asosida taxsil olmoqda.
      Professor-o’qituvchilar tomonidan 5 ta darslik, 5 ta monografiya, 11 ta o’quv qo’llanma, 11 ta uslubiy qo’llanma va ma’ruza matnlari, 5 ta risolalar yaratildi. Markaziy ilmiy jurnallarda 18 ta maqola e’lon qilingan.
      2004 yilda 1 ta doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi.
      Fakultetda 3 ta mutaxassislik bo’yicha nomzodlik dissertasiyasi himoyasi o’tkazilmoqda.
      Hozirgi paytda AQSh, Germaniya, Angliya, Koreya, Turkiya, Eron, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikistondagi bir qator universitetlar va ilmiy markazlar bilan mustahkam aloqa o’rnatilgan.
      Talabalar uchun 3 ta to’garak va «Shalola» ijodiy klubi xizmat qilmoqda.
      2010 yilda 40 nafar iqtidorli talaba bilan ish olib borildi. 25 nafar talabaning ilmiy ishlari «Dastlabki qadamlar» nomi bilan nashr etildi. «Istiqlol mavjlari» nomli to’plam nashr qilinib, unga 16 nafar ijodkor talabalarning she’r va hikoyalari kiritildi.
      Fakultetda tahsil olganlar safidan Hamid Olimjon, Uyg’un, Mirtemir, Usmon Nosir, Asqad Muxtor, Sharof Rashidov kabi taniqli adiblar va davlat arboblari, ko’plab mohir jurnalistlar yetishib chiqqan.
      Mavjud an’analarni davom ettirib, yetuk adabiyotshunos, tilshunos va jurnalistlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbek adabiyoti ixtisosligi bo’yicha doktorantura ochish, televideniye va radioeshittirish, noshirlik ishlari ixtisosligi bo’yicha magistraturaga qabulni tashkil etish, kichik telestudiya ochish, «Sosiolingvistika» laboratoriyasi tashkil qilish kabi rejalar mavjud.
      Vazirlik va universitet rahbariyati qo’ygan vazifalarni bajarish uchun ijodiy muhit va yetarli ilmiy salohiyat mavjud.

Rus filologiya fakulteti haqida

Rus filologiyasi bo'limining yangi saytiga marhamat

Rus filologiyasi fakulteti 1963 yilda tashkil topdi. Slavyan filologiyasi yo'nalishi bo'yicha filolog - tadqiqotchilarni tayyorlaydi. Bitiruvchilarga slavyan filologiyasi bakalavrni va magistr mutaxasisligi beriladi.
Fakultet bitiruvchilari orasidan jurnalistlar, tarjimonlar, buyuk olimlar va pedagoglar, publitsistlar, etuk tele-radio dasturchilari etishib chiqqan. Rus filologiyasi fakultetida talabalar zamonaviy rus tili va uning tarixi, Kiev Ruslari davridan to hozirgi kungacha bo'lgan rus adabiyotini, fol'klor, dunyo adabiyoti va madaniyati tarixini o'rganadilar. Hozirgi vaqtda filologiya fakulteti 3 kafedradan iborat: rus va umumiy tilshunoslik kafedrasi, rus va chetel adabiyoti kafedrasi, rus tili kafedrasi (fakultetlararo).
Samarqand tilshunoslarining faoliyati frazeologiya, so'z yasash, sintaksis, tadqiqotlarini bajarish bilan bog'liqdir. Rus tilshunosligi kafedrasi frazeologik izlanishlar bo'yicha asos bo'lib xizmat qilayotgan kafedra bo'lib, u Rossiya, Belorusiya, Qozog'iston, Ukraina oliy o'quv yurtlari bilan uzviy aloqada.
Rus va chet el adabiyoti kafedrasi 1933 yilda rus va umumiy adabiyotshunoslik kafedrasi sifatida tashkil topgan edi. Bu erda professor B.G. Larsev, Ya.O. Zundelevich kabi taniqli adabiyotshunoslar ishlagan.
Rus va chetel adabiyoti kafedrasi xorijiy xalqlar adabiyotini o'qitish borasida tinimsiz izlanishlar olib bormoqdalar.

Rus filologiyasi bo'limining yangi saytiga marhamat

Select language
Google

SAC

Supreme attestation commission

ZIyoNet

Information educational network

GovUZ

Samarkand State University - 2010