Fakultet dekani
Kipchakov Baxodir Baxriddinovich
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99866-000-00-00; +99899 555-22-82
- Elektron pochta: b-kipchakov@samdu.uz
Biografiya
- 1973-yil Navoiy viloyati Nurota tumanida tug'ilgan;
- 1991-1995-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
- 1995-1998-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi;
- 1998-2013-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2013-2015-yillar Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;
- 2015-2016-yillar Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri;
- 2016-yildan Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani.
- 2021-yildan Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san’at fakulteti dekani
Sport faoliyati va san’at fakulteti
Samarqand davlat universitetining Sport faoliyati va san’at fakulteti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202l-yil 30-iyundagi 408-sonli "Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori hamda universitet Kengashining 2021-yil 7-iyuldagi l4-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida - “Sport faoliyati va san'at" fakulteti tashkil etilib, uning tarkibida , “Sport faoliyati”, “San'atshunoslik”, “Fakultetlararo jismoniy tarbiya” kafedralari tashkil etilib, faoliyati yo’lga qo’yildi.
Hozirgi paytda fakultetda 5112000-“Jismoniy madaniyat”, 5610500- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)”, 61010300- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)”, 61010300 –“Sport faoliyati” (kurash), 60210800-Amaliy san’at (turlari bo’yicha), 60210500 -Rangtasvir (turlar bo’yicha), 60211400 – Vokal ijrochiligi, 60211500 – Cholg’u ijrochiligi, 5110800 – Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi, 5111100 – Musiqa ta’limi, 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish bakalovr ta’lim yo’nalishlari hamda 5A112001 “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi”, 5A110802-“Musiqa ta`limi va san`at mutaxasisligi”, 5A110802-“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” magistratura ta’lim yo‘nalishi ixtisosliklari bo’yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Samarqand davlat universitetining Sport faoliyati va san’at fakulteti qoshida 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, “Sport faoliyati”, “Fakultetlararo jismoniy tarbiya” hamda “San’atshunoslik” kafedralaridir. Ushbu kafedralarda 111 nafar professor-o‘qituvchilar shundan 2 nafar professor, 15 nafar dotsent, 2 nafar (PhD) doktor, 1 nafar O’zbekiston xalq artisti, professor, 1 nafar O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, 11 nafar katta o‘qituvchi hamda 78 nafar assistentlar faoliyat olib borishmoqdalar hamda fakultet kafedralarida Rossiya federatsiyasining SKFU dan 3 nafar xorijiy professor-o’qituvchilar jalb etilgan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik chop etilgan va O‘zbekiston Respublikasi OTMlaridagi 15 ta jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari aynan shu darsliklar orqali ta’lim olmoqdalar. Shuningdek 18 ta o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, monografiya, 550 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Fakultetda 3 ta xalqaro, 7 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilgan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari jamoasi Xitoyning Syu-Ju universiteti, Tojikiston, Rossiya, Qozog‘iston va respublikamizning 15 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatgan.
MALAKA TALABLARI
Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari
5112000-“Jismoniy madaniyat”
5610500- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)”
61010300 –“Sport faoliyati” (kurash),
60210800-Amaliy san’at (turlari bo’yicha)
60210500 -Rangtasvir (turlar bo’yicha)
60211400 – Vokal ijrochiligi
60211500 – Cholg’u ijrochiligi
5110800 – Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi
5111100 – Musiqa ta’limi
5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish
Magistratura yo'nalishi malaka talablari
5A112001 “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi”
5A110802-“Musiqa ta`limi va san`at mutaxasisligi”
5A110802-“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi