Samarqand davlat universitetida Buyuk ipak yo‘li xalqlari o‘rtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni o‘rganishga oid ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Samarqand davlat universiteti kengashining 2021 yilning, 26 yanvardagi (onlayn) yig‘ilishi 6-sonli bayonnomasiga ko‘ra Samarqand Davlat universitetida Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy-adabiy merosi ilmiy-tadqiqot markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Markazning rasmiy nomi:
davlat tilida – Samarqand davlat universiteti Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi ilmiy-tadqiqot markazi. Qisqartirilgan nomi - Buyuk ipak yo‘li ilmiy-tadqiqot markazi.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi ilmiy-tadqiqot markazi direktori filologiya fanlari doktori, professor Musurmanov Erkin Rabbimovich
+998884088717 E-mail: Silk-road.samdu.uz http://silk-road.samdu.uz/).alper25@mail.ru
Musurmanov Erkin Rabbimovichning mehnat faoliyati
Biografiya
1983-1984 yy. - Samarqand Pochta-Telegraf stansiyasi ishchisi
1983-1990 yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi
1984-1986 yy. - Harbiy xizmat
1992-1994 yy. - Samarqand davlat universiteti aspiranti
1992-2005 yy. - Samarqand davlat universiteti «O‘zbek adabiyoti tarixi» kafedrasi o‘qituvchisi
2005-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti doktoranti
2005-2006 yy. – Sankt-Peterburg universitetida ilmiy safar
2006-2008 yy. – Xitoy Xalq Respublikasi SUAR universitetida ilmiy safar
2008-2009 yy. - Samarqand viloyati 64-maxsus maktab-internati o‘qituvchisi
2009-2013 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti jahon adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
2013-2013 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi
2013-2014 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti jahon adabiyoti va xalqaro kommunikatsiyalar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2014-2015 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti nashr-matbaa markazi muharriri
2015-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i
2019 y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi dotsenti
2021y. - h.v. SamDU Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi ilmiy-tadqiqot markazi direktori.
Markazning asosiy maqsadi
Buyuk ipak yo‘lidagi xalqlar tarixi, madaniyati, sanʼati, folklori, etnografiyasi, adabiyoti va ilm-fanini zamon talablari asosida tadqiq qilish;
Buyuk ipak yo‘lida joylashgan xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy hamda ilm-fan sohalaridagi aloqalarni o‘rganish, bu aloqalarning mamlakatlar yuksalishi va jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulushini tadqiq etish;
Buyuk ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xorijlik olimlar bilan gumanitar fanlar yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
kadrlar salohiyatini oshirishning metodologik va amaliy asoslarini amaliy va nazariy jihatdan o‘rganish va tadqiq etish;
innovatsion ilmiy tadqiqotlarga oid faoliyatni takomillashtirish, ilmiy xodimlar salohiyatini doimiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.
Markazning vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Xitoy (Yaponiya, Koreya), Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Eron, Kavkazorti, Turkiya kabi mamlakatlar hududlaridagi xalqlar madaniy va adabiy merosini ilmiy-tadqiq etish jarayonlarida tajribali xorijlik va mahalliy olimlar, professional yosh tadqiqotchilar hamkorligida dunyoning eng ilg‘or ilmiy markazlari usullari asosida ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish;
“Buyuk ipak yo‘li xabarchisi” nomli xalqaro elektron (va bosma) ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy, nazariy-uslubiy jurnal (o‘zbek, ingliz va rus tillarida) tashkil qilish va uni Scopus bazasiga kiritish;
universitet uchun tadqiqot obyekti doirasida zamon talablaridagi darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, risolalar yaratish;
ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan yangiliklarni patentlash, ularni Universitet mustaqil o‘quv jarayoniga tadbiq qilish, takliflar kiritish va lozim topilsa, chet el ilmiy-o‘quv markazlariga sotish;
Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosini ilmiy-tadqiq etish dasturlarini va yangi fanlararo taʼlim dasturlarini ishlab chiqish;
Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosini o‘rganishga oid ilmiy-tadqiqot ishlari uchun materiallar yig‘ish, tahlil qilish va tizimlashtirish;
Respublika va xalqaro grantlarda ishtirok etish;
xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda stajirovkadan o‘tish, mahorat darslari, ixtisoslashtirilgan taʼlim dasturlarini tashkil etish, tegishli sertifikatlar berish;
Zamonaviy kutubxona, elektron kutubxona, IT Markaz va internet Markaz tashkil qilish;
Konfutsiy institutlari bilan yaqindan aloqa o‘rnatish;
Buyuk ipak yo‘lidagi xalqlar madaniyati va adabiyoti to‘g‘risidagi materiallarni yig‘ish, tahlil qilish, tizimlash, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish;
global axborot makonida Buyuk ipak yo‘lidagi xalqlar adabiyoti va madaniyatini ommalashtirishni taʼminlaydigan samarali axborot infratuzilmasini yaratish;
Aniq, tabiiy va gumanitar yo‘nalishlarda nazariy va amaliy jihatdan asoslangan tadqiqotlarni, xorijiy tajribalarni, ushbu sohada chop etilgan yangi adabiyotlar obzorini yoritib borish;
O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosini ilmiy-tadqiq etish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat tashkilotlar bilan mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish, shu jumladan, Markazni rivojlantirishning ilmiy konsepsiya va dasturlarini ishlab chiqish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar
1. Xitoy Konfutsiy instituti granti asosida prof. E.R.Musurmonov muallifligida “Buyuk ipak yo‘lida qadimgi o‘zbek-xitoy adabiy aloqalari” (丝绸之路上古老的乌兹别克斯坦与中国的文学联系) (180 bet) monografiyasi nashrga tayyorlandi va chop etildi.
2. Markazning UA-01 “Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi” nomli granti asosida professor R.I.Xalmuradov va professor E.R.Musurmanovlar muallifligida “Buyuk ipak yo‘li madaniyati, mifologiyasi va arxitekturasi” (185 bet) monografiyasi yozib tugatilib, nashrga topshirildi.
3. Ulkan hududlarga cho‘zilgan Buyuk ipak yo‘li, albatta, yirik shaharlari, karvonsaroylari, madaniyat o‘choqlari bor hududlardan o‘tgan. Buni qadimgi shaharlari, tamadduni bilan O‘rta Osiyoda tengsiz bo‘lib turgan va hozirda navbatdagi Renessansni boshidan o‘tkazayotgan O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin. Buyuk ipak yo‘lining aynan O‘zbekiston hududidan o‘tganligini ilmiy asosda madaniy, adabiy va arxitektura yodgorliklari yordamida isbotlash va uni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish maqsadida Samarqand davlat universiteti magistrantlari uchun maxsus “Buyuk ipak yo‘li madaniyati, mifologiyasi va arxitekturasi” ixtisos fani dasturi ishlab chiqildi. Bu fan 2021-2022 o‘quv yili uchun o‘quv rejasiga kiritilib, tarix, o‘zbek filologiyasi, rus filologiyasi fakultetlari o‘zbek va rus gruppalari magistrlariga o‘tildi.
4. Markazning UA-01 “Buyuk ipak yo‘li xalqlari madaniy va adabiy merosi” nomli granti asosida faoliyat olib borayotgan markaz aʼzosi Iroda Nuʼmonjonova 2021 yilning 7 iyul kuni Vengriya davlatining Stipendium Hungaricum grantini qo‘lga kiritdi va shu asosda Sociology (Jamiyatshunoslik) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayni paytda I. Nuʼmonjonova Vengriyada o‘qishni davom ettirmoqda.
5. Tadqiqotchilardan N.Ochilova AQSHda, N.Rahmatullayev Janubiy Koreyada, Husamuddin Tuyg‘un Afg‘onistonda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda.
6. “Buyuk ipak yo‘li tadqiqotlari xabarchisi” nomli xalqaro bosma (elektron) ilmiy jurnal tashkil qilindi va uni Scopus bazasiga kiritish choralari ko‘rilmoqda.
7. Xitoy Konfutsiy institutlari bilan yaqindan aloqa o‘rnatishga va xalqaro grantlar yutish bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirilmoqda.
8. Markazda ayni paytda Buyuk ipak yo‘lidagi xalqlar madaniyati va adabiyotiga oid materiallar yig‘ilmoqda. Endilikda ularni tahlil qilish, tizimlash, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.