TALABALAR TURAR JOYLARI

http://samdu.uz/public/images/image001%2819%29.jpgUniversitet tasarrufida hozirgi kunda oltita talabalar turar joyi faoliyat ko’rsatmoqda, umumiy sig’imi 1593 o’rinni tashkil etadi.
1-son talabalar turar joyi 474 o’rinli,
2-son talabalar turar joyi 72 o’rinli,
3-son talabalar turar joyi 95 o’rinli,
4-son talabalar turar joyi 396 o’rinli,
5-son talabalar turar joyi 356 o’rinli,
6-son talabalar turar joyi 200 o’rinli.
Universitetning 1-2-3-4-sonli talabalar turar joylari joriy ta’mirdan chiqarilgan bo’lib, 5-son talabalar turar joyi 2017 yilda, 6-son talabalar turar joyi 2019 yilda qurilib foydalanishga topshirilgan.
2020-2021 o’quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida o’qiyotgan talabalar soni 16294 nafarni tashkil etadi. Shundan universitet talabalarining 8% talabalar turar joyi bilan ta’minlangan. Joriy yilda talabalar turar joyi uchun bir oylik to’lov narxi 105 ming (bir yuz besh ming) so’mni tashkil etadi.

 

Talabalar turar joyi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar asosida universitetning ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, talabalar turar joyi nizomi, e’lonlar burchagi, talabalar ro’yxati, yong’in xavfsizligi burchagi mavjud.
Talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun turar joylarda sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun Prezidentimiz ilgari surga beshta muhim tashabbus bo’yicha san’at, sport, kompyuter texnologiyalari. Kitobxonlik va tikuvchilik xonalari mavjud.

Talabalar turar joylarida turli xil to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, “Musavvirlik”, “Dizayn”, “Vokal va dutor ijrochiligi”, “Tikuvchilik va to’quvchilik” va boshqa to’garaklar tashkil qilingan. Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ularga shart-sharoit yaratish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat xonalari, o’quv zallari tashkil qilinib, ular zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, dam olish (Ota-onalar uchun) xonasi, xotin-qizlar xonasi, kir yuvish va quritish xonasi, kiyimlarni dazmollash xonasi, oshxona kabi maishiy sharoitlar yaratilgan. Talabalar turar joyida tibbiyot xonalari tashkil qilinib, talabalarga birinchi tibbiy xizmat qo’rsatilmoqda. Shunigdek, talabalar turar joyida Ayollar maslahat xonasi hamda Psixolog xonalari tashkil qilingan. Turar joylarning har bir qavatida hojatxona, issiq suv bilan ta’minlangan dush, yuvinish xonasi mavjud. Talabalar turar joyida universitet axborot resurs markazining filiali tashkil etilgan. 1-son talabalar turar joyida 10 mingga yaqin, 4-son talabalar turar joyida 2 mingga yaqin, 5-son talabalar turar joyida 2 mingga yaqin badiiy adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari bilan ta’minlangan. ARM filiallari soat 15:00 dan 22:00 gacha ishlaydi.