MAGISTRATURAGA O’QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO’YXATDAN O’TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!

 

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.

Magistraturaga qabul koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o’tkazish orqali belgilangan davlat granti va to’lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan (http://t.me/eduuz/2669).

Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo’yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo’yicha test savollari ham kiritiladi.

Asos: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2020 yil 30 aprel kuni o’tkazilgan yig’ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.