KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

Zoologiya kafedrasi mudiri

Djabborov Abdurashid Rayimovich

1966-1971 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1971-1971 yillar Samarqand davlat universiteti laborant;
1971-1980 yillar Samarqand davlat universiteti komsomol qo‘mitasi kotibi;
1972-1973 yillar Samarqand davlat universiteti katta laborant;
1979-1982 yillar Samarqand davlat universiteti aspirant;
1983-1983 yillar Samarqand davlat universiteti injener;
1983-1985 yillar Samarqand davlat universiteti umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi assistenti;
1985-1988 yillar Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti dekan o‘rinbosari;
1988-1991 yillar Samarqand davlat universiteti partiya qo‘mitasi kotibi;
1991-1993 yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti;
1995-2010 yillar Samarqand davlat universiteti Zoologiya kafedrasi mudiri;
2010-2016 yillar Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti;
2016- yildan zoologiya kafedrasi mudiri.

1927-yil 22-yanvarda Samarqand shahrida Oliy pedagogika instituti ochildi. Shu Oliy pedagogika instituti tarkibida 1928-yilning boshlarida mustaqil zoologiya kafedrasi tashkil etilib, unga mudirlik qilishni prof. A.M.Zavadskiyga topshirildi. 1930-yilda Oliy pedagogika instituti O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasiga aylantirildi. 1933-yil 22-yanvarida O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasi A.Ikromov nomidagi O‘zbekiston Davlat universitetiga aylantirildi. Prof. A.M.Zavadskiy zoologiya kafedrasini 1934-yilgacha boshqarib keldi. Prof. A.M.Zavadskiy asosan umurtqasiz hayvonlar faunasi, biologiyasi, tarqalishi, amaliy ahamiyati borasida ilmiy izlanishlar olib bordi. Prof. A.M.Zavadskiy ketgandan so‘ng kafedrani boshqarish prof. B.G.Turkevichga topshirildi. Ana shu yillari kafedrada dots. M.S.Burnashev, A.T.To‘laganov va S.K.Dal ishlab keldilar. 1934-yilda zoologiya kafedrasi tarkibida, mustaqil umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi tashkil etildi va uning birinchi mudiri etib prof. B.G.Turkevich tayinlandi.
Shunday qilib zoologiya kafedrasi ikki mustaqil kafedraga ajralib, Zarafshon vohasining, umurtqasiz va umurtqali hayvonlari faunistikasi, biologiyasi, ekologiyasi va amaliy ahamiyatini o‘rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.
1937-1938 yillarda umurtqali hayvonlar zoologiyasi kafedrasining mudiri etib dots. S.K.Dal tayinlandi. Kafedra mudiri S.K.Dal, akasi K.K.Dal va K.K.Povorovalar bilan birgalikda 1934-yilda universitet zoologiya muzeyini tashkil etdilar va unga asos soldilar.
Ulug‘ Vatan urushidan oldingi yillarda zoologiya kafedrasida bir guruh taniqli zoolog-olimlar, bir necha yordamchi xodimlar mehnat qilib keldilar; bulardan dots. S.K.Dal, K.K.Dal, F.A.Turdakov, I.X.Maxsutov, A.S.Ostroumov, A.I.Didusenko, M.S.Burnashev, D.M.Sagdiev, M.M.Axmedov, K.K.Povarova, M.V.Kalujina va boshqalar.
Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi kafedrasi mudiri vazifalarida dots. M.S.Burnashev (1934-1938); prof. A.T.To‘laganov (1952-1958); prof. M.I.Kosobutskiy (1958-1960); prof. A.T.To‘laganov (1960-1963); prof. T.K.Svadjan (1963-1968); dots.S.G.Bronshteyn (1968-1982); dots. M.M.Ostonovalar (1983-1987) ishlab keldilar. Ana shu yillarda kafedrada faunistika, hasharotlar biologiyasi va ekologiyasi borasida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ekinlarini biologik usullar yordamida himoyalash borasida katta ishlar amalga oshirildi. 
Dots. S.G.Bronshteyn rahbarligida biometod laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriya xodimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari qishloq xo‘jaligi amaliyotiga keng joriy qilindi, sobiq ittifoq, qator xorijiy viloyatlarida o‘simliklarni biologik usullar vositasida himoyalashni qo‘llash keng miqyosda olib borildi. Xuddi shu yillar biologik usullarga o‘nlab mualliflik guvohnomalari, patent va litsenziyalar olindi, qator ilmiy anjumanlar, simpoziumlar o‘tkazilib, uslubiy qo‘llanmalar va kitoblar chop etildi. Shu yillarda kafedrada bir necha tajribali mohir pedagoglar: dots. E.P.Sudareva, E.A.Popova, K.X.Samibaeva, B.M.Gorenshteyn, E.N.Abdullaev, ass. N.A.Rahimberdieva, dots. N.X.Xakimov, dots. D.N.Nasrullaev, dots. M.M.Parsaev, b.f.n. Z.M.Haydarova, dots. F.Z.Xalimov, ass. A.B.Xamidova, ass. R.A.Xamzaev, ass. A.A.Ashrapov, ass. M.R.Raximovlar ustozlar ishlarini davom ettirib, yosh avlodni hayvonot olami sirlari, ajoyibotlari to‘g‘risida bilim berib keldilar va kelmoqdalar.
1987-yilda umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi bilan qo‘shildi.
1989 yilda ekologiya va o‘simliklarni biologik usullar vositasida himoya qilish kafedrasi tashkil etildi, unga biologiya fanlari doktori, prof. B.X.Botirov mudir etib saylandi. Ushbu kafedra 1996 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi, shundan so‘ng tuproqshunoslik va ekologiya fakulteti tashkil etilgandan keyin, kefedra shu fakultet ixtiyoriga berildi.
Shu yildan boshlab kafedra yana zoologiya kafedrasi deb nomlandi.
Zoologiya kafedrasi mudiri vazifalarida prof. B.G.Turkevich (1934-1945; 1948-1950); dots. D.M.Sagdiev (1945-1948); dots. M.V.Kalujina (1950-1962); prof. A.K.Sagitov (1962-1987); dots. L.A.Almatov (1987-1994); dots. A.R.Jabborov (1995-2010), J.L.Laxanov (2010-2011), Z.P.Raxmanova (2011-2012), F.Z.Xalimovlar (2012-2016), A.R.Jabborov (2016 yildan hozirgi kungacha) ishlab keldilar.
Urushdan keyingi yillarda dots. I.A.Abdusalyamov (hozir Tojikiston FA akademigi), dots. Mamatqulov, Sh.Najliev, A.Haydarov, M.M.Ahmedov, A.K.Zokirova, M.V.Kalujina, M.V.Rahmonova, K.I.Kalinina, ass. V.E.YAzыnina, E.M.Levitskaya, G.I.Girenko, I.M.Ananeva, E.N.Ananev va boshqalar samarali ishladilar.
1960-yillardan boshlab umurtqalilar zoologiyasi kafedrasida dots. E.V.Kiseleva, J.L.Laxanov, B.X.Botirov, L.A.Almatov, ass. T.P.Serdyuk kabi tajribali, mohir pedagoglar xizmat qilib keldilar.
1980-1990 yillardan boshlab kafedrada dots. S.E.Fundukchiev, dots. A.R.Jabborov, b.f.n. dots. N.A.Allanazarova, ass. D.X.Ataxadjaeva, ass. Z.P.Raxmanova, ass. A.O‘.Mamashukurovlar ishlab kelmoqdalar. Kafedra qoshidagi zoologiya muzeyida katta laborantlardan A.Esanov, F.Ulug‘ov, Z.Axunov, A.Pirnazarov, A.Yo‘ldosheva, A.Mamashukurov, B.Muxammadievlar samarali mehnat qilib keldilar.
Kafedra mudiri A.R.Jabborov, 2016-yilda doktorlik diisertatsiyasi, katta laborant L.E.Belyalova 2001-yilda, ass. Z.P.Raxmonova 2002 yilda nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
So‘nggi yillarda kafedrada ass. A.B.Xamidova, ass. N.A.Ro‘ziqulova, ass. R.A.Xamzaev, ass. O‘.N.Mirzaev, ass. S.B.Narzullaev, ass. A.A.Ashrapov, ass. M.R.Raximov, dots. A.R.Botirov, dots. J.A.Qudratov, prof. A.Pazilov, ass. N.Xasanovlar mehnat qilib kelmoqdalar.
Prof. A.K.Sagitov “O‘zbekiston Qizil kitobi” va IV jildlik “O‘zbekiston qushlari” to‘plami muallifi, dots. S.E.Fundukchiev “O‘zbekiston qushlari” to‘plmi II-jildining mualliflaridan biridir.
Kafedra mudiri prof. A.R.Jabborov “Qushlarni cho‘chitib haydash uchun qurilmasi” ga mualliflik guvohnomasi va patent sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u 1996-2008 yillarda Zoologiya muzeyining “O‘zbekistonning nodir va yo‘qolib borayotgan hayvonlari ekologiyasini o‘rganish, ular genofondini saqlab qolishda zoologiya muzeyining roli” Davlat byudjeti mavzusiga rahbarlik qildi. 2008 yildan hozirgi kungacha Zoologiya muzeyi «Noyob ob’ekt» sifatida mablag‘ bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Kafedrada 10000 tur hasharotlarni o‘z ichiga olgan, 100000 dona eksponatdan iborat, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanayotgan entomologik kolleksiya mavjud.
Prof. B.X.Botirov tashabbuslari bilan to‘rtlamchi davr qazilma qoldiqlariga oid qimmatbaho osteologik kolleksiya yaratildi va MDH paleozoologlari tomonidan yuqori baholanmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari MDH, AQSHning Vermont universiteti, O‘zbekiston FA Zoologiya instituti bilan shartnomalar asosida ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqdalar. Kafedra dotsenti J.A.Qudratov O‘zbekiston FA Zoologiya instituti bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Forish tumanida qurilayotgan Atom elektr stansiyasi hududi zoologik holatini aniqlash bo‘yicha zoologik tadqiqotlarda ishtirok etmoqda. 
So‘nggi yillarda Rossiya Federatsiyasi olimlari bilan ilmiy hamkorlik ishlari keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Kafedra assistenti M.R.Raximov Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida joylashgan Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi «Hayvonlar sistematikasi» ilmiy tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Shuningdek, Kafedra magistranti G‘.O‘sarov Sankt-Peterburg davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 
Kafedra a’zolari qator yillar davomida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarning ilmiy muammolarini o‘rganish bo‘yicha qator loyihalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, Samarqand chinni zavodi bilan birgalikda davlat byudjeti va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, uning natijalari amaliyotga keng joriy etildi. Prof. A.R.Jabborovning rahbarligi va bevosita ishtirokida 2003-2004 yillarda Samarqand xalqaro aeroportining ornitologik holatini o‘rganish bo‘yicha xo‘jalik shartnomasi bajarildi. 2012-2014 yillarda prof. A.R.Jabborov rahbarligida Samarqand viloyati ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi bilan umumiy moliyalashtirish hajmi 45 mln. so‘m bo‘lgan “Samarqand viloyatining o‘simlik va hayvonot olami kadastrini olib borish” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi, 2013-2016 yillarda respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi bilan umumiy moliyalashtirish hajmi 240 mln. so‘m bo‘lgan “SamDU zoologiya muzeyining spravochnigini yaratish” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi bajarildi.
Kafedrada 5140100 – bakalavriatura yo‘nalishi, 5A140101 – biologiya, 5A140108 – zoologiya, 5A140103 – ixtiologiya va gidrobiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va 03.00.06.-zoologiya ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud.
                   

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari