KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

Kafedrasi mudiri

Voxidov Abduvaxob

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99891 -554-80-40
  • Elektron pochta: vaхidov19@mail.ru

1955 yil 4 sentyabrda Samarqand shahrida tug`ilgan
1973-1977 yillar- Samarqand davlat pedagogika institute talabasi
1977-1979 yillar-harbiy xizmatda
1979-1981 yillar- Samfrqand viloyat xalq talimi bolimi uslubchisi
1981-1993 yillar- Samarqand Davlat pedagodika instituti tojik tili kafedrasi o`qituvchisi
1986-1988 yillar-Afg`oniston Demokratik Respublikasida xizmat safari
1993-2013 yillar- Samarqand Davlat universiteti tojik tili kafedrasi dotsenti
2013-2019 yillarda Samarqand Davlat universiteti ingliz tili kafedrasi dotsenti
03.09.2019 yilidan boshlab Samarqand Davlat universiteti Xorijiy Sharq tillari kafedrasi mudiri
 

  Zamon talabi va ta’lim ehtiyojlarini kondirish maksadida   1962 yili Samarqand  Davlat universitetida  Xorijiy Sharq tillari va adabiyoti kafedrasi tashkil etildi. Yangi kafedraga  yirik sharqshinos olima, Sankt-Peterburg universiteti sharqshunoslik fakulteti bitiruvchisi Eron tillari mutaxassisi, filologiya fanlari doktori, professor Yu.Yu. Avaliani (1907-1984) mudir etib tayinlandi. Kafedra fa’oliyati asosan xorijiy Sharq tillari va adabiyoti,  Eroniy tillar qiyosiy grammatikasi, fors va arab tillariga  yӯnaltirilgan edi.  
Yu.Yu. Avaliani tashabbusi bilan mutaxassis professor – ӯqituvchilar yangi kafedraga ishga jalb etildi. Bular filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Atoyev, fors, arab tili mutaxassisi Xodi Xusayn Dalili (1926-2001), arab tili mutaxassisi S.Mirja’farov, taniqli sharqshinos olim, fors-tojik tillari mutaxassisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent N. Behbudiy, fors-tojik tilining katta bilimdoni, filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Egamberdiyev, fors adabiyoti mutaxassisi, olim, filologiya fanlari doktori,professor J.Mirsaidov, Tojikiston Davlat universiteti Sharqshinoslik fakultetining bitiruvchisi, fors tili mutaxassisi T.Nuriddinov va boshkalar edilar. Keyinchalik kӯp yillar davomida Tojikiston Fanlar akademiyasi sharqshinoslik instituti hamda Tojikiston FA Abӯabdulloh Rӯdakiy nomidagi tojik tili va adabiyoti institutida ishlagan, fors-tojik mumtoz adabiyotining kӯzga kӯringan yirik olimi, filologiya fanlari doktori,professor S.Sa’diyev kafedraga ishga taklif qilindi. Xorijiy Sharq tillari va adabiyoti kafedrasi tashkil topgan vaqtlaridayoq katta ilmiy va ta’limiy salohiyatga ega edi. Shu davr mobaynida kafedra a’zolari Yu.Yu.Avaliani rahbarligida xorijiy tillar va kurd tili tadqiqi soxasida  kӯzga kӯrinarli ilmiy ishlarni amalga oshirdilar. 1978 yili Yu.Yu.Avalianining fors tili matnlarini ӯqish uchun 6500 ming sӯzdan iborat katta forscha-fransuzcha lug‘ati Leypsig shahrida nashr etildi.   Prof. Yu.Yu.Avaliani taniqli tilshunos olim L.I.Redzekzon bilan hammualliflikda nashr etilgan monografiyasi  “Problema frazeologicheskix sinonimov v sovremennom yazыkoznanii professor (Hozirgi tilshunoslikda frazeologik sinonimlarning muammolari)” ӯsha davrda frazeologiya masalalariga oid birinchi tadqiqotlardan edi. Uning rahbarligida kafedra Sharq tillari frazeologiyasining muhim masalalariga oid xalqaro anjumanlarning asoschilariga aylandi. Kafedra bir necha marta bu masalaga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar ӯtkazildi. Kafedrada Yosh mutaxassislarni tayyorlashda kafedrada katta e’tibor berildi  va prof. Yu.Yu.Avaliani rahbarligida 20-dan ortiq dissertatsiyalar himoya kilindi. Kafedra a’zolari Moskva, Boku, Volgograd, Tula  va boshqa shaharlarda ӯtkazilgan ilmiy anjumanlarda qatnashib  ilmiy maqolalarini anchumanlar tuplamlarida nashr ettirib keldilar.   
Yu. Yu. Avaliani vafotidan keyin kafedrani  professor J.Mirsaidov boshqardi.    Kafedraga bir qator  kitoblar muallifi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent X.K.Ahrorov,  ӯqituvchilar T.Iskandariy, S.Abduqodirovalar ӯz fa’oliyatini boshladilar. 80-chi yillardan boshlab kafedraga yirik olim, dotsent N.Behbudiy  kafedra mudiri etib tayinlandi.Kafedra olimlari jumlasidan mutaxassislar M.Mirjafarov,T.Nuriddinov,R.Raximov va boshkalar arab mamlakatlari, Eron va Afg‘oniston davlatlariga  tarjimon sifatida safarbar etildilar. Malaka oshirib kaytgach ushbu ukituvchilar Shark tillari fanining sifatini yanada kutarishga daldi buldilar. Keyinchalik kafedra mudiri vazifasini professor Sh.Shukurov boshqardi. Shu davrlarda kafedraga Ӯzbekiston va Tojikiston Sharkshunoslik fakultetlarini bitirgan bir qator yosh ӯqituvchilar V.Nazarov, M.Shukurov, T.Vohidov, M.Mirzoxojdayev, R.Raximov,F.Obloqulov va Dilshoda Obidovalar taklif etildi. Ushbu yillar davomida Universitetning bir guruh talabalari arab va fors tillaridan OTM Respublika olimpiadalarida qatnashib sovrinli ӯrinlarga sazovor bӯldilar. Hozirgi paytda shu olimpiada g‘oliblaridan biri Z.Nurilloyeva kafedra ӯkituvchisi sifatida ishlab kelmokda. Keyinchalik kafedra mudiri vazifasini  Tojikiston milliy universiteti sharqshunoslik fakulteti bitiruvchisi, p.f.n. dotsent A.Yӯldoshev boshchilik kilib keldi. Afsuski, 2010 yildan sӯng qisqarish masalasi sababli kafedra tojik tili kafedrasi bilan birlashtirildi.
Nihoyat, 2019 yilning sentyabr oyida universitetimiz rektori, professor R.I.Xalmuradovning kӯmak va say-harakatlari tufayli  Xorijiy Sharq tillari kafedrasi qayta tashkil etildi va kafedra mudiri vazifasiga dotsent Abduvahob Vohidov tayinlandi.  
 Kafedrada hozirgi vaqtda 10 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan  2 nafar prof., f.f.d. Sadri Sa’diyev va Aftondil Erkinovlar; 1 nafar fan nomzodi –Zulfiya Yunuszoda, 1 nafar falsafa fanlari doktori (PhD)  Sabohat Majidova, 2 nafar katta o‘qituvchi – Saidjamol Mirjafarov va Abduvahob Vohidovlar; 4 nafar ӯqituvchi – Mavluda Davronova, Foziljon Shukurov, Zarina Nurulloyeva va Hafiza Shukurovalar hamda 6 nafar doktorant-tadkikotchi faoliyat yuritib kelmokdalar. 
Kafedra professor-o‘qituvchilaridan f.f.d., prof. S.Sa’diyev va prof. A.Erkinov Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017. Fil.02.03 raqamli ilmiy kengashning a’zosidirlar.
Xorijiy Sharq tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Fors va arab tillari va adabiyotini ӯrganishining dolzarb muammolari» nomli umumiy mavzu asosida ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib bormokdalar. Mavzu rahbari filologiya fanlari doktori, professor S.Sa’diyev boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari bosh mavzuning turli qirralarini tahlil qilib kelmokdalar. Rejalashtirilgan tadqiqot mavzuida adabiy janrlar va ijodiy uslublar rangbarangligi, badiiy adabiyotda janrlar shakllanishi, ularning evirilishi tadrijiy takomili, ta’rixiy davralardagi sistemasi va shuningdek fors-tojik adabiyotining siyosiy–ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish, uslublarning turlari va navlari borasidagi  masalalarni tadqiq qilish nazarda tutilgan. Professor-o‘qituvchilardan tashqari kafedra doktorant-tadqiqotchilari, iqtidorli talabalar ham ushbu mavzuga safarbar qilinib, ilmiy izlanishlar mavzusi sifatida ishlab kelmokdalar.
Xorijiy Sharq tillari kafedrasi professor-ukituvchilari 9-ta yo‘nalishda (ӯzbek filologiyasi, tojik filologiyasi, tarix, matematika, maktabgacha ta’lim, tasviriy san’at, rangtasvir, boshlangich ta’lim, texnologik ta’lim) asosan xorijiy til (fors, arab), Sharq tillari hamda Sharq tili va eski ӯzbek yozuvi (kunduzgi va sirtqi), chet tillari (fors va arab) kabi fanlardan  talabalarga dars berib kelmoqdalar. Kafedrada «Sharqshinos» ilmiy  to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tugarak fa’oliyatida barcha talabalar ilmiy ma’ruzalari va ilmiy izlanishlari bilan faol qatnashib, keyinchalik Samarkand Davlat universiteti talabalar ilmiy anjumanlariga ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmokdalar.   
Xorijiy Sharq tillari kafedrasida yetakchi  professor-o‘qituvchilar    tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan ӯquv qӯllanmalar, darsliklar, ӯquv-uslubiy qӯllanmalar, ӯquv-uslubiy majmualar, uslubiy kӯrsatmalar, ularning elektron versiyalari shu kafedraning professor- ӯqituvchilari tomonidan yaratilgan va fakultetning axborot resurs markazida alohida nusxalarda va kurslar kesimida saqlanib, talabalar va professor-ӯqituvchilarning undan foydalanishi uchun imkoniyat yaratib berilgan.   
Kafedra mudiri, dotsent A.Voxidov 2019 yil avgust oyida Eron Islom Respublikasi Allomex Tabotaboiy  nomidagi Universiteti qoshidagi “Fors tili ӯqitish markazi”da malaka oshirish kursini ӯtab keldi.
Kafedra ӯkituvchisi M.Davronova 2020 yil iyul oyida Ӯzbekiston Oliy ta’lim Vazirligi, Toshkent Sharqshunoslik Davlat Universiteti hamda Eron Islom Respublikasi Allomex Tabotaboiy  nomidagi  Universiteti qoshidagi “Fors tili ӯqitish Markazi” tomonidan tashkil etilgan “Kelosi majozii tarbiyai mudarris” malaka oshirish kursini ӯtdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari turli nufuzli Xalkaro    nashryotlarda uz ilmiy tadkikotlarini chop etib  kelmokdalar. Jumladan chop etilgan quyidagi kitob va ӯquv qӯllanmalari kafedra jamoasining yutug‘i hisoblanadi: S. Sa’diyev   “Sayidoi Nasafӣ va muhiti adabii Movarounnahri nimai duyumi asri XVII.” Dushanbe, 2019; S. Sa’diyev  “Markazi adabii Samarqand dar shohrohi ta’rix”, Tehron, Orvan, 1398, 522 bet; S. Sa’diyev  “Sӯzanii Samarqandiy va XII asr Movarounnahr adabiy muhiti» nomli katta monografiyani tayyorladi va Londonning tegishli nashriyotiga topshirildi; S. Sa’diyev “Samarqand adabiy markazi tarixi” , Eron,2020; (fors tilida),  A Quronbekov. , S.  Majitova   “Leksikai zaboni forsy”, A Vohidov., F .Shukurov   “Arab-fors yozuvi saboqlari”. (Uslubiy qӯllanma. Samarqand-2020); A. Vohidov  “Sharq tillari (fors tili) fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari”. (uslubiy qӯllanma. Samarqand-2020); S. Majitova   Hozirgi tojik adabiy tili (fonetika). (Darslik. SamDU nashriyotiga topshirilgan); A Vohidov, S. Majitova   Zabon ast toru pudi ma’naviyat (ӯquv-uslubiy qӯllanma, Samarqand, 2020); F. Shukurov   “Sharq tillari (arab tili) fanidan mustaqil ta’lim  topshiriqlari”. (uslubiy qӯllanma. Samarqand-2020); F Shukurov , S. Ruziyeva  Ӯzbekcha-ruscha-inglizcha-arabcha sӯzlashgich. (Uslubiy qӯllanma. Samarqand-2020); A .Erkinov., R. Jabborov  “ Alisher Navoiy. Oqquyunli muxlislar devoni” (Toshkent: Sharq, 2020. 251 bet.); M. Davronova  “Persidskiy yazыk” , ӯquv qӯllanma;  2020 y. (rus guruh talabalari uchun), nashriyotga topshirilgan.
Professor Erkinov A. 2019 yil 6 maydan boshlab 2022 yiligacha mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi huzuridagi proyekt rahbari hisoblanadi. Proyekt mavzusi: A-BM-2019-15 – “O‘zbekistonga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklar reyestrini yaratish, nodir qo‘lyozma asarlarning faksimilesini nashr etish” va  2017-2020 yil: OT-F1-138 – “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi”. Loyiha rahbari – filologiya fanlari doktori, professor Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, Samarqand Davlat universiteti rektori R.I.Xalmuradov
Ahmad Yassviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti huzuridagi “Modernizatsiya kulturnogo naslediya Velikogo Shelkovogo puti na osnove kompleksnogo issledovaniya pamyatnikov kulturы” mavzusidagi loyiha (01.02.2019 – 31.12.2019). va  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni  tadqiq  etish  markazi hamda Islom Hamkorligi Tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi o‘rtasidagi “O‘zbekiston allomalarining Turkiyada saqlanuvchi qo‘lyozmalari katalogi”ni  tuzish bo‘yicha xalqaro loyiha doirasida Istanbul shahrida (2020 yil 24 fevral – 21 may kunlari) ilmiy safarda bo‘lib “O‘zbekiston allomalarining Turkiyada saqlanuvchi qo‘lyozmalari katalogi”ni tuzish  bo‘yicha xalqaro loyihalarda ishtirok etdi.
Prof.S.Sa’diyev rohbarligida olib borayotgan  doktorantlar Yunuszoda Zulfiya va Dilorom Axmedova hamda mustaqil tadqiqotchi Foziljon Shukurov ilmiy-tadkikot ishlari himoya arafasidadur.
Prof.A.Erkinov rohbarligida mustaqil tadqiqotchilar Rustam Jabborov (ximoya arafasida), Sulaymon Halimov hamda Abdumalik Qurbonov ӯz tadqiqot ishlarini olib bormokdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilarning diqqat markazida Istiqlol mafkurasi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev nutqlari va maqolalaridan kelib chiqadigan konseptual masalalar jiddiy qaror topgan. Ana shu muhim davr talabini to‘g‘ri tushungan kafedra a’zolari o‘zlarining shaxsiy ish rejalarida aniqlab bergan ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni to‘liq bajarib, ayni damlarda fanni, oliy ta’limni yanada takomillashtirish, yosh avlodni mustaqillik g‘oyalari, vatanparvarlik ruhi, buyuk avlodlarimiz yaratgan ilmu fan va ma’rifiy merosimizni yanada boyitish, davr-zamon, kelajak rivoji uchun iste’dodli yosh kadrlar avlodini tarbiyalab yetishtirish borasida samarali faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari