KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

Mahmadiyev Shavkatjon Suyunqulovich

1982-1992-yy. – Kitob tumani Abdulla shoir nomli 24-o’rta maktab o‘quvchisi

1992-1997-yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1997-1998-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta laboranti

1998-1999-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi stajyori

1999-2002-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi aspiranti

2002-2020-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

2020-yil 5-iyundan - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

O’zbek tilshunosligi kafedrasi

O’zbek tilshunosligi kafedrasi universitet bilan tengdosh kafedralardan biridir. O’zbek tilshunosligi kafedrasida Abdurauf Fitrat, Yevgeniy Polivanov, G’ozi Olim Yunusov, Ulug’ Tursunov, Abdurahmon Sulaymonov, Hamdam Berdiyorov, Rahmatulla Qo’ng’urov, Xudoyberdi Doniyorov, Abdujabbor Muxtorov, Vahob Egamov, Bozorboy O’rinboyev, Bekmurod Yo’ldoshev, Jo’raboy Hamdamov kabi yetakchi olimlar ishlashgan.

Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha yaratilgan alohida nashrlar soni 100 dan ortadi. Ular orasida yirik hajmdagi monografiyalardan tortib, oliy ta’lim tizimida o’quv jarayonida foydalanishga mo’ljallangan darsliklar, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar ham mavjud. Shu davr mobaynida kafedrada 200 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi. Ular orasida fan arboblari, akademiklar, professorlar, dosentlar, xalq o’qituvchilari va murabbiylari bor.

Bugungi kunda O’zbek tilshunosligi kafedrasida 4 nafar fan doktori, professor (S.Karimov, U.Sanaqulov, J.Eltazarov, A.Pardayev), 5 nafar nafar fan nomzodlari, dosentlar (D.O’rinbayeva, R.Suvonova, A.G’afforov, Sh.Maxmadiyev, O.Yusupova), 6 nafar o’qituvchilar (Sh.Normo’minov, S.Umirova, D.Islomova, B.Xolmuxamedov, F.Nurmonov, M.Bobotoyev)lar  mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ular kafedra bosh istiqbol rejasi bo’lgan “O’zbek tili lug’aviy va grammatik birliklarining funksional-pragmatik va kognitiv-uslubiy masalalari» (sinxron va diaxron aspekt)” mavzusi asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

O’zbek tilshunosligi kafedrasining ahil jamoasi Ulug’ Tursunov shakllantirgan Samarqand tilshunoslik maktabi an’analarini davom ettirib, talabalarga bilim berish, ularni har tomonlama bilimdon, komil inson, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarini bugungi kunda ham sobitqadamlik bilan davom ettirmoqdalar. Kafedra a’zolari respublika, viloyat ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishda, jamoat topshiriqlarini uddalashda  ham faollik ko’rsatmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi o’quv rejasi

 

Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi