KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri

Mustafaev Shomurod Normuminovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998937232012
  • Elektron pochta:

1984-1986 yy. - Harbiy xizmatda
1986-1992 yy. - Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi
1992-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi, tarixi va an’anaviy ijrochilik kafedrasi o‘qituvchisi 
2008-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi va an’anaviy ijrochilik kafedrasi katta o‘qituvchisi
2012-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi va an’anaviy ijrochilik kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi
2013-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti musiqa nazariyasi va an’anaviy ijrochilik kafedrasi mudiri 
2015 -2018 yy. -Samarqand davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi 
2018- 2019yy. - Samarqand davlat universiteti Maktabgacha ta’lim fakuleti musiqa ta’limi kafedrasi mudiri 
2019 y. - h.v. - Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi mudiri

Kafedra 1969-yilda o’zbek tili va adabiyoti fakultet qoshida tashkil etilgan bo’lib, “Musiqa va ashula” kafedrasi deb nomlangan.
Kafedraga uzoq yillar dosentlar Ya.Haqqulov, F.Obidov, N.Valixo’jayev, B.Ashurov, N.Tolliboyev va B.Roziqovlar rahbarlik qilib kelganlar. 
2011 yil kafedraning nomi «Musiqa o’qitish metodikasi va xalq cholg’u asboblari» kafedrasi va 2015 yil kafedralar birlashganligi sababli “Musiqa ta’limi” kafedrasi deb nomlanib, katta o’qituvchi  E.Djalilov rahbarlik qildi.  2018 yildan boshlab  p.f.f.d.Sh.Mustafayev kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda  
Kafedrada talaba yoshlarga bilim va ilm berishda 1ta O’zbekiston xalq artisti, professor, 5 ta dosent, 1 ta (PhD) doktor,_1 ta O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, 5 ta katta o’qituvchi, 11 ta o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Barcha kafedra professor – o’qituvchilari doimo izlanishda. 
Hozirgacha musiqa ta’lim yo’nalishini tugatgan talabalar o’sish dinamikasi 1969-2015 yillar mobaynida 3000 ta oliy ma’lumotli umumta’lim, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim uchun kadrlar tayyorlab bergan, bundan tashqari 70 nafar magistrlarni tayyorlashda kafedra professor-o’qituvchilarining mehnati cheksiz. Yo’nalishni tugatgan talabalra xalq xujaligini turli sohalarida samarali mehnat qilib kelmshmaqdalar: Respublika milliy-mafkura bo’lim boshlig’i pedagogika fanlari doktori professor Muhammadjon Quronov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Vaxobiddin Baxriyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Ravshan Hamroqulov, O’zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi Javodbek Kozimov, Shuhrat ordini sohibi kattaqurg’olik Sayidmurod Botirov, dosent Nishonboy Qiyomov, fakultetimizda faoliyat kursatayotgan  professor-o’qituvchilarimiz va magistraturani tugatib ishlayotgan o’qituvchilarimizdan. M. Murodov, J.Xodjayev, B.Boltayev, U.Boliyev, Sh.Shayqulov, G.Daronova, Z.Karimovlar  shular jumlasidandir. 
Professor A.Ergashevning 2009-yil “San’atga baxshida umr” video filmi Respublika miqiyosida san’at ixlosmandlariga havola etildi. 
Kafedrada talabalarining mustaqil ilmiy faoliyatini rivojlantirish va jonlantirish maqsadida  “Oxang” ilmiy  to’garagi, talabalarni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish uchun “Guldasta” xor jamoasi, “Dutorchilar”, “Vokalchilar” to’garaklari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Dosent J.Kozimov rahbarligida “Guldasta” xor jamoasi har yili Yagonasa muqaddas Vatan ko’rik tanlovida qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda. Bu to’garaklarda faol qatnashayotgan talabalar iste’dodli va iqtidorli talabalardir. Kafedra respublikamiz oliy o’quv yurtlaridagi nomdosh kafedralar bilan ijodiy hamkorlikda bo’lib, musiqa pedagogikasining dolzarb muammolarini hal qilishda faol ishtirok etib kelmoqda. 
Kafedra professor – o’qituvchilari kafedraning bosh ilmiy mavzusidan kelib chiqgan holda o’zlarining ilmiy pedagogik faoliyatini amalga oshirib kelmoqdalar bosh mavzu: “Musiqa san’ati orqali o’quvchi va talaba yoshlar shaxsini shakllanitrishning nazariy va uslubiy asoslari” deb nomlanadi. Hozirga qadar kafedra professor – o’qituvchilari bir qancha uslubiy qo’llanmalar, uslubiy tavsiyalar va ilmiy maqolalar chop etishgan. Bularning barchasi viloyat va Respublikada musiqa ta’lim tarbiyasida as qotib kelmoqda. Bunga dos.N.Tolliboyevning I.Qudratov bilan hamkorlikda  Fan nashriyoti tomonidan chop etilgan “Boshlang’ich sinf musiqa darslarida o’zbek xalq qo’shiqlarini o’rgatish” nomli o’quv uslubiy qo’llanmasi, dos.N.Tolliboyev va katta o’qituvchi A.Toshpulatovlarning  “O’zbek xalq qo’shiqlarini o’rganish davr taqazosi” nomli uslubiy qo’llanmasi, va “Maktab repertuari” fanidan  namunaviy o’quv dasturi, 2011 yil «Maktab repertuari» nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston milliy universiteti bosmaxonasida chop etildi.  dos.R.Xamroqulovning “Barhayot navolar” nomli uslubiy qo’llanmasi, “Qashqar va afg’on rubobi” nomli uslubiy qo’llanmasi, nomli o’quv qo’llanmalari chop etilgan.
Shular jumladan: 
Katta o’qituvchi A.Odilovning “Doira uchun pesalar” nomli uslubiy qo’llanmasi chop etilgan. 
Kafedra dos. I.Qudratov 2012 yil «Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini maktab ta’limiga tayyorlash tizimini takomillashtirishning didaktik asoslari» (o’zbek mumtoz musiqasi materiallari asosida) mavzusida doktorlik ishi mavzusini tasdiqdan o’tkazdi.
Katta o’qituvchi B.Boltayev 2019 yil “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tarbiyasi” o’quv qo’llanmasi nashr etildi.
O’qituvchi G.Davronovaning 2019 yil “Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyixalash” o’quv qo’llanmasi nashr etildi.
 Musiqa ta’limi  kafedrasi “musiqa ta’limi” ,“ vokal ijrochiligi” , “cholg’u ijrochiligi” va  “madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va  boshqarish” yo’nalishlari bo’yicha 18 nomdagi fanlarini  o‘qitishga ixtisoslashgan. Kafedraning  2019-2020 o‘quv yil uchun o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot ,ma’naviy-ma’rifiy va ustoz – shogird ishlar rejasi tuzilgan bo‘lib, kafedraning 25 shtat birligida ishlaydigan 33 nafar professor-o‘qituvchilarining butun faoliyati ushbu yo‘nalishlardagi ishlarni bajarishga qaratildi. 
Kafedra faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasi hamda  Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’limni  rivojlantirishga qaratilgan farmonlari va qarorlari, buyruqlari hamda universitet rektorining va fakultet dekanining chiqargan farmoyishlari asosiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi hujjatlar bo‘lib xizmat qildi. 

Kafedra tarkibiga quyidagi ta’lim yo’nalishlari berkitilgan

1.    5111100 – Musiqa ta’limi 
2.    5151600 – Vokal ijrochiligi
3.    5150700 – Cholg’u ijrochiligi
4.    5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish
    
 Musiqa ta’limi  kafedrasida  hozirgi kunda 33 ta professor – o‘qituvchilar bo‘lib (27 tasi asosiy shtatda, 6  tasi o‘rindoshlik asosida), shulardan 2 tasi O‘zbekiston  xalq artisti  professor. 5 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi,  20 nafari  assistent o’qituvchilardir. 
 Musiqa ta’limi kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari. Kafedra bosh ilmiy tadqiqot  mavzusi:  «Innovasion texnologiyalar asosida musiqa ta’limi sifat va samaradorligini oshirish muammolari» 
 

Musiqa ta’limi kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati.

Kafedraning ilmiy salohiyati 23,1% ni tashkil etadi.
Musiqa ta’limi kafedrasida 4 nafar mustaqil tadqiqotchi o’qituvchilar Davronova Go’zal, Omonqulova Shoxida, Boliyev Uchqun,  Pardayev Sobitlar 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD dessertasiyasini ustida ish olib borishmoqda, dissertasiyalar mavzulari OAK Byulletenida e’lon qilingan.
2020 yilda dissertasiya himoyasiga mo’ljallangan o’qituvchilar B.Boltayev “Maktabdan Tashqari muassasalarda o’smirlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash” (“Mehribonlik uylari”ning badiiy to’garaklari misolida)” mavzusidagi 13.00.02–ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi sohalar bo’yicha PhD doktorlik  dessertasiya mavzusini Universitet ilmiy kengashidan tasdiqdan utkazgan.  2020-2021 yillar himoyaga chiqish  mo’ljallangan.  
O’qituvchi G.Davronova “Bo’lajak musiqa o’qituvchilarda hamkorlikda o’qitish texnologiyalari vositasida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish” mavzusidagi PhD doktorlik  dessertasiya mavzusini Universitet ilmiy kengashidan tasdiqdan o’tkazgan.  2020-2021 yillar himoyaga chiqish  mo’ljallangan.  
O’qituvchi Sh.Omonqulova “Bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilarini modulli o’qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentligini takomillashtirish”  mavzusidagi PhD doktorlik  dessertasiya mavzusini Universitet ilmiy kengashidan tasdiqdan o’tkazgan.  2020-2021 yillar himoyaga chiqish  mo’ljallangan.  
Musiqa ta’limi kafedrasida iqtidorli talablar bilan ishlash dastur asosida yo’lga qo’yilgan. Kafedrada 3 nafar iqtidorli talabalar bor. Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha ma’sul ass.M.Toshpulatov. Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ular quyidagilar:
Hisobot yilida musiqa ta’limi kafedra prof-o’qituvchilari tomonidan joriy yilda Scopus jurnalida 3 ta, xorijiy jurnallarda ilmiy maqola 6 ta, Respublika ilmiy amaliy konferensiyalarda 8 ta, shundan xalqaro ilmiy konferensiyalarda 13 ta, 4 ta o’quv qo’llanma  chop ettirildi, 5 ta o’quv qo’llanma SamDU ilmiy kengashidan tasdiqlangan va ekspertga yuborilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari